Jami 77 ta maqola

"Harakatlanuvchi" taqdimot tayyorlaymiz!
Oddiy va bir xil ko‘rinishdagi slaydlardan zerikdingizmi? Ushbu maqolada PowerPoint yordamida “harakatlanuvchi” ko‘rinishga ega taqdimot tayyorlash g‘oyasi bilan tanishasiz. Eng qiziq tomoni — buni PowerPoint’ning turli versiyalarida ham tayyorlash mumkin.

Dasturchini ham farzandlari bor-ku!
Siz ishlatayotgan dastur ortida oylar yoki yillar davomida mehnat qilgan dasturchi borligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ushbu maqolada crack dasturlardan foydalanish, bepul alternativalar va dastur mualliflari mehnatini qadrlash haqida samimiy fikrlar bilan bo‘lishiladi. Balki dasturlardan foydalanishga bo‘lgan qarashingizni biroz o‘zgartirar.

Resume va CV: asosiy farqlari bilan tanishamiz
Resume va CV bir xil hujjatmi yoki ular o‘rtasida farq bormi? Ushbu maqolada ularning asosiy farqlari, tuzilishi, hajmi va qo‘llanilishidagi o‘ziga xos jihatlar sodda tarzda tushuntiriladi.

Klaviaturadagi Fn tugmasi nima uchun kerak?
Noutbukingizdagi Fn tugmasi haqiqatda nimaga kerakligini bilasizmi? Aslida bu kichkina tugma sizga ekran yorqinligidan tortib ovoz balandligigacha, touchpad boshqaruvidan uyqu rejimigacha ko'plab yashirin imkoniyatlarni ochib beradi. Ushbu maqolada Fn tugmasining eng foydali kombinatsiyalarini va agar u ishlamay qolsa nima qilish kerakligini oddiy tilda tushuntirib beramiz. Klaviaturangizdan to'liq unumli foydalanishni xohlasangiz — bu qo'llanma aynan siz uchun!

Istalgan narsani bepul oʻrganish yoʻli
Biror narsani o‘rganish uchun albatta qimmat kurs yoki ustoz kerakmi? Aslida internetdagi bepul videolar, tayyor o‘quv rejalari va ChatGPT yordamida ko‘plab bilimlarni mustaqil o‘rganish mumkin. Ushbu maqolada buning oddiy va amaliy yo‘li bosqichma-bosqich ko‘rsatiladi.

Excel bilimingizni sertifikat bilan isbotlash: qanday imkoniyatlar ochiladi?
Excel'ni yaxshi bilishingizni qanday isbotlaysiz? Xalqaro sertifikat shunchaki CV'dagi yana bir qator emas — u bilimlaringizni tasdiqlash, yangi ish imkoniyatlariga chiqish va o‘zingizni rivojlantirish uchun qo‘shimcha vosita bo‘lishi mumkin. Maqolada Excel bo‘yicha sertifikat olishning real foydalari, imkoniyatlari va qaysi sertifikatlarni ko‘rib chiqish mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.

Data bilan ishlovchi 8 ta kasb: qaysi biri sizniki?
Data sohasiga kirishni xohlaysiz, lekin qaysi kasbni tanlashni bilmayapsizmi? Ushbu maqolada Data Analyst’dan Data Scientist va AI Engineer’gacha bo‘lgan 8 ta data kasbi hamda ularning vazifalari sodda tilda tushuntiriladi. O‘zingizga mos yo‘nalishni topish va data sohasidagi katta yo‘lni qayerdan boshlashni bilish uchun maqolani o‘qing!

Nomzodlardan nimalarni soʻrar edingiz?
Diplomiga qarab emas, nomzodning qanday inson va xodim bo‘lishini qanday aniqlash mumkin? Ushbu maqolada talabalarni ishga qabul qilishda suhbat davomida berish mumkin bo‘lgan savollar va nomzodning o‘z ustida ishlashini baholash haqidagi fikrlar bilan bo‘lishaman. Siz HR yoki rahbar bo‘lganingizda, tajribasi kam bo‘lgan nomzodlardan nimalarni so‘ragan bo‘lardingiz?

Taqdimotlar uchun mos shriftlar
Taqdimotingizdagi ma’lumotlar yaxshi, lekin shrift noto‘g‘ri tanlangani uchun slaydlar havaskorona ko‘rinib qolishi mumkin. Ushbu maqolada taqdimotlar uchun mos, o‘qilishi oson va professional ko‘rinadigan shriftlar hamda ularni qanday birlashtirish kerakligi haqida so‘z yuritiladi.

Excel'da muddatni 2 usulda aniqlash: СЕГОДНЯ() va РАЗНДАТ()
Excel’da ikki sana orasidagi muddatni tez va aniq hisoblashni o‘rganing! Ushbu videodarsda СЕГОДНЯ() va РАЗНДАТ() funksiyalari yordamida ish staji, shartnoma muddati va boshqa sanalar orasidagi farqni hisoblashni amaliy misollar orqali ko‘rib chiqamiz.

Men tavsiya qiladigan kinolar
Yaxshi kino nafaqat vaqtni maroqli o‘tkazishga, balki yangi bilim va fikr olishga ham yordam berishi mumkin. Ushbu maqolada kompyuter, fan, ta’lim, tarix va hayotiy voqealarga oid esda qolarli filmlar tavsiya qilinadi. Balki ular orasidan siz hali ko‘rmagan, ammo ko‘rishga arziydigan kinoni topib qolarsiz.

Mijozning muammosi - biznes muammosi
Ba’zan mijoz aytayotgan muammo g‘alati yoki ahamiyatsizdek ko‘rinishi mumkin. Ammo uning ortida biznes uchun muhim bo‘lgan muammo yashiringan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Pontiac avtomobili va muzqaymoq bilan bog‘liq bu qiziq voqea mijozni tinglash va uning muammosini oxirigacha o‘rganish qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. Mijozning shikoyati ortida qanday katta imkoniyat yashiringanini bilish uchun maqolani o‘qing!
Yangi maqolalardan xabardor bo'ling
Eng so'nggi maqolalar va yangiliklar email orqali oling.