
SQL'ni o‘rganishda ko‘proq video ko‘rish kerakmi yoki ko‘proq kod yozishmi? Men hozircha ikkinchi variantni tanladim: 20% nazariya va 80% amaliyot! Ushbu maqolada SQL'ni qanday tartibda o‘rganayotganim, topshiriqlarni qanday bajarayotganim va o‘rgangan mavzularimni boshqalarga o‘rgatish orqali bilimlarimni qanday mustahkamlayotganim bilan bo‘lishaman. Balki bu usul SQL o‘rganayotgan sizga ham foydali bo‘lib qolar.

