ℹ️ MAAB'da qaysidir mavzu o'tiladi (imkon qadar faol qatnashaman), uy ishi va topshiriqlarni bajaraman. Undan keyin Baraa akamni darslarini ko'rib chiqaman va quyidagi tartibda dars qilaman:
1. Nazariy o'rganaman. Videoni ko'raman, ustoz bilan birgalikda kod teraman va mavzuni tushunishga harakat qilaman.
2. Mavzu bo'yicha kod teraman. Mavzuni ko'rib chiqqanimdan so'ng shu mavzu bo'yicha ChatGPT'dan turli topshiriqlar tayyorlab berishini so'rayman. Topshiriqlarni mustaqil ishlayman, tushunmagan yoki ishlay olmagan topshiriqlarim bo'yicha ChatGPT'dan so'rayman.
3. O'rganganimni o'rgatishga kirishaman. O'rgangan mavzuyimni ChatGPT'ga taqdimot uchun ma'lumotlar tayyorlab berishini so'rayman, bergan ma'lumotlarini notion'ga joylab videodars uchun ssenariy tayyorlayman.
4. Videodarsni yozaman. Videoni tayyorlash paytida Baraa akam o'rgatganda ishlatgan usul va ma'lumotlardan foydalanaman, chunki SQL'ni o'qitadigan darajadagi ustoz emasman )
5. O'quvchilarga topshiriqlar tuzish. Videodars uchun o'zim bajargan topshiriqlarni o'quvchilarga tayyor .sql fayl ko'rinishida tayyorlayman va videodars, taqdimot va sql fayllarni kanallarimda ulashaman.
Bu yerda asosiy maqsad: Kamroq videodarslar ko'rish (20%), ko'proq (80%) kod terish!

