👤 Men haqimda
Kompyuter bilan 2015-yilda o'qishga kirganimdan boshlab tanishib boshlaganman. Litsey paytlari rus tilini yaxshi o'rganganim sababli kompyuterni o'rganish qiyin bo'lmagandi. O'qish paytlari oddiy amaliyotlar (antivirus bazasini yangilash, windows o'rnatish, printerlarni ulash) tanish va domlalarim uchun qayta qayta qilardim va nimadir yechim topishim kerak deb yurardim.
2017-yil Yoshlar Ittifoqi ko'magida 1-2 oy kompyuter savodxonligi bo'yicha bepul, oflayn dars o'tib ham yurgandim (o'sha paytlari yuritgan kanalim @kompyuter_savodxonligi), lekin bu yechim emasdi. Oddiy amaliyotlar uchun vaqtimni olishlarini yoki Malikaga borib qanchadir sarflab kompyuterlarini to'g'irlatishlari noto'g'ri deb o'ylab yurardim.
2020-yil karantin sababli hamma uyda o'tirishga majbur bo'lishdi va shunda videodarslar yozib institutdagi ustoz va kursdoshlarga tashlab qo'yaman deb kanal ochdim (Kompyuter Akademiyasini). Allohni marhamati bilan mehnatimiz ko'pchilikka yoqib, loyihalarimiz ommalashib ketdi.
IT sohasida onlayn ta'lim beruvchi kanal, botlar qilish bo'yicha ancha tajribam ortganidan so'ng moliyaviy loyihalar (ya'ni loyihadan maqsad pul topish bo'lganlari) qilishga harakat qildim, lekin ichki qadriyatlarim sababli oxirigacha olib bormadim. Va oxir oqibat bor e'tiborimni ta'lim bo'yicha loyihalarni yuritishga qaratdim.
🎓Nimalarni bilaman va o'rgataman?
Umumiy kompyuter savodxonligi
Kompyuter va internetdan samarali foydalanish, fayllar bilan ishlash, onlayn xavfsizlik va boshqalar.
Microsoft Word / Excel / PowerPoint
Hujjatlar tayyorlash, formulalar, ma'lumotlar bilan ishlash, taqdimotlar yaratish.
Google Docs / Sheets / Slides
Bulutda hujjat tayyorlash, jadvallar bilan ishlash, taqdimotlar yaratish.
AutoCAD
Chizmalar yaratish, loyihalash va 2D/3D modellashtirish asoslari.
SQL
Ma'lumotlar bazasi, SQL so'rovlar yozish, ma'lumotlarni tahlil qilish.
Python
Python dasturlash tili asoslari, amaliy loyihalar va avtomatlashtirish.
Video montaj
Movavi Video Editor, Filmora, CapCut va shunga o'xshash yengil dasturlarda videolarni montaj qilish.
🧰 Men foydalanadigan vositalar
- •Notion — dars rejasi, konspekt va kontentni rejalashtirish.
- •Movavi Screen Recorder — ekran yozish. (Oldin Bandicam ishlatganman)
- •HyperX QuadCast — videodarslar uchun professional mikrofon. (Dastlab HyperX SoloCast ishlatganman)
- •Movavi Video Editor — kichik videolarni montaj qilish. (Katta loyihalarda montajchi ukam (@special_0707) yordam beradi)
- •Picture-in-Picture Extension — video ko'rib turib boshqa ishlarni bajarish.
- •Tab Copy — ochiq tablarni bir zumda nusxalash va saqlash.
- •uBlock Origin Lite — keraksiz reklamalarni bloklash.
- •Unhook – Remove YouTube Recommended & Shorts — YouTube'da chalg'ituvchi tavsiyalar va Shorts'larni yashirish.
- •Browsec VPN — ayrim cheklangan saytlarga VPN orqali kirish.