Ushbu sarlavhaning mazmuni quyidagicha:
"Bugungi qattiq ishlaganing ertaga o'z mevasini beradi". Bugun meni ingliz tilini qanday o'rganganim va uning hozirgi kunda berayotgan rohati haqida gaplashamiz.
Maktab davrimda hamma fanlar qatorida ingliz tilidan ham yaxshi o'qirdim, asosan aytilgan vazifalarni bajarganlarim yodimda qolgan. Litseyda esa "Xorijiy filologiya" yo'nalishining rus guruhida o'qiganman (rus tilini o'sha paytlarda o'rganish nasib qilgan). Litseyda yo'nalishim ingliz tiliga oid bo'lishiga qaramasdan asosiy maqsad institutga kirish bo'lganligi sababli asosan matematika va fizika bilan shug'ullanganman.
2015-yil institutga kirganimdan so'ng oldindan eshitib yurgan "Uschool" nomli o'quv markaziga borish bilan ingliz tilini o'rganishga jiddiy kirishganman. Uschool'ni yaxshi tomoni ingliz tilida "tilim chiqishi"ga sababchi bo'lgani bo'lsa, yomon tomoni darsda juda kam ma'lumot berilishi va shu sababli mavzularni qayta qayta o'rgangandan tuyulishi edi. Bu yerda 2 semestr o'qiganman: Beginner-2'da Anna opa o'qitgan bo'lsa, Elementary'da ustozim Gulshan opa ismli ayol teacher bo'lgan.
Keyin esa biroz til o'rganish jarayonini tezlatish maqsadida kursdoshlarim bilan boshqa joylardan birorta domlani kichik guruh qilgan holda bizga dars berishi uchun izlaganmiz. Natijada Abdurasul aka bilan gaplashib, adashmasam 1 yilcha o'qiganmiz. Ushbu davrda o'qishga bo'lgan qiziqish sababli ingliz tili bilan ko'p shug'ullanmaganimiz va deyarli hech qanday natija ko'rmaganman.
IELTS olishga jiddiy kirishganim sababli izlab izlab Istiqlol san'at saroyining yonidagi RITZ o'quv markazi (hozir o'zgargan) ga Qunduz opaga borishni boshladim. Boshida Pre-IELTS guruhida o'qidim, biroq ingliz tilidan bazam yaxshi bo'lmaganligi sababli biroz orqaga qaytib Intermediate bosqichini o'qidim. O'qish jarayoni oson kechmagan, sababi bu tomondan institutda 5 ga o'qish, boshqa tomondan ingliz tilidan berilayotgan topshiriqlarni oshig'i bilan bajarish bo'lgan.
Xullas shu o'qituvchimning mehnatlari va Allohning nasib qilishi tufayli 2019-yilning bahorida IELTS imtihonini topshirib 5.5 ball olganman (rasmi pastda).
Ushbu sertifikatimni institutdagi ingliz tili darslaridan ozod bo'lish, magistratura imtihoniga kirmay maksimal ball olish va o'zimga bo'lgan ishonchni his qilish uchun ishlatganman.
🍐Mevasi...
- Birinchi navbatda o'zimga bo'lgan ishonch ortdi, chunki dokumentda muammo yo'q edi (IELTS xalqaro hujjatku 😉).
- Tilni o'rganish orqali kompyuter va boshqa sohalarni oson o'zlashtirib boshladim.
- Institutimda IELTS'i bor "zodagonlar" ro'yxatiga kirdim 😄.
- Hozirgi ishimga kirishimga yordam berdi.
Bundan tashqari o'sha vaqtlardagi tinimsiz va og'ir mehnat natijasida hozirda ishxonamdagi istalgan xorijlik bilan muloqot qilolaman. Qiynalgan paytlarim yodimga tushsa hozir xursand bo'lib ketaman 😃.
Today, all your hard work pays off!
🔎O'xshash maqolalar

Tanqid va taklif
Tavsiyalar
Tanqid qilish oson, ammo uning o‘rniga yechim taklif qilish-chi? Ushbu ibratli hikoya har qanday fikrga baho berishdan oldin “Men bundan yaxshiroq nima taklif qila olaman?” degan savolni berishga undaydi.
Batafsil→
Hamma o'z ishini qilsa rivojlanish bo'ladi!
Tavsiyalar
Hamma ishni bir o‘zingiz qilishga urinish sizni charchatib, rivojlanishingizni sekinlashtirishi mumkin. Ishni to‘g‘ri taqsimlash va delegatsiya qilish esa vaqtni tejaydi, samaradorlikni oshiradi va boshqalarga ham imkoniyat yaratadi.
Batafsil→
Oʻzingizga maʼqul kelsa boʻldi!
Tavsiyalar
Koʻzoynak taqishdan uyalish, sovuqda shapkadan qochish yoki “odamlar nima deydi?” deb oʻzimizga kerakli narsalardan voz kechish — bularning barchasi bitta savolga borib taqaladi: hayotingizni oʻzingiz uchunmi yoki boshqalarning fikri uchun yashayapsiz?
Batafsil→