ℹ️ Bir shogird uzoq fursat mashhur rassomning qo‘lida taʼlim olibdi va kasb mahoratini egallab olgach, ustozidan oq fotiha berishni so‘rabdi.
- Ijozat bersangiz, men ham mustaqil ish boshlasam, o‘rganganlarimni amalda tadbiq etsam…
Ustoz javob beribdi:
- Sen mening eng yaxshi shogirdimsan, juda ko‘p narsani o‘rganding. Ammo mustaqil ish boshlashingdan oldin so‘nggi maslahatim bor. Buning uchun borgin-da, eng yaxshi rasmingni chizib kel!
Shogird ustozining oldidan mamnun holda chiqib, bor mahorati bilan zo‘r rasm chizibdi. So‘ng uni ustozining oldiga olib kelibdi. Ustozi rasmni ko‘rib, shogirdiga topshiriq beribdi:
- Endi shu suratni shaharning eng gavjum joyiga olib borib ilib qo‘y va yoniga qizil qalam qo‘yib, shu satrlarni yoz: "Rasmga eʼtirozi borlar qizil qalam bilan o‘sha eʼtiroz o‘rniga belgi qo‘ysin!"
O‘z rasmining mukammalligiga shubha qilmagan shogird ustozining aytganini bajaribdi va ikki kundan so‘ng ko‘z yosh bilan qaytib kelibdi:
- Ustoz, mendan rassom chiqmaydi! Qarang, eng mukammal deb hisoblagan rasmim ham odamlarga yoqmabdi.
Ustoz qarasa rasmning hamma joyiga qizil bilan chizib tashlangan, qizil qalam tegmagan joyi yo‘q hisobi. Shunda shogirdini ovutish uchun ustoz yana bitta topshiriq beribdi.
- Endi qizil qalamlarni o‘chirib tashlagin-da, shu rasmni o‘sha gavjum joyga yana ilib qo‘y, ammo bu safar rasmning yonida qizil qalam emas, mo‘yqalam bilan ranglar idishini qoldir va shu satrlarni yoz: "Rasmga eʼtirozi borlar mo‘yqalam bilan o‘sha eʼtirozni tuzatib qo‘ysin!"
Shogird chiqib ketibdi. Bir kun, ikki kun, bir hafta, bir oy vaqt o‘tibdi. Ammo rasmga bironta odam o‘zgartirish kiritmabdi. Shogird buni tushuna olmay turganida ustozi unga so‘nggi maslahatini ilinibdi:
- Ko‘rdingmi! Odamlar shunaqa, tanqid qilish so‘ralsa hamma o‘zini shu kasb mutaxassisi hisoblaydi, ammo tuzatishga kelganda hammalari jim bo‘lishadi. Unutma, biron narsani tanqid qilishdan avval o‘rniga nima bera olishing mumkinligini o‘yla. Yo‘qsa, tanqid qilma!
©️Manba: @historicaluz
Tanqid va taklif
🔎O'xshash maqolalar

Hamma o'z ishini qilsa rivojlanish bo'ladi!
Tavsiyalar
Hamma ishni bir o‘zingiz qilishga urinish sizni charchatib, rivojlanishingizni sekinlashtirishi mumkin. Ishni to‘g‘ri taqsimlash va delegatsiya qilish esa vaqtni tejaydi, samaradorlikni oshiradi va boshqalarga ham imkoniyat yaratadi.
Batafsil→
Oʻzingizga maʼqul kelsa boʻldi!
Tavsiyalar
Koʻzoynak taqishdan uyalish, sovuqda shapkadan qochish yoki “odamlar nima deydi?” deb oʻzimizga kerakli narsalardan voz kechish — bularning barchasi bitta savolga borib taqaladi: hayotingizni oʻzingiz uchunmi yoki boshqalarning fikri uchun yashayapsiz?
Batafsil→
Today, all your hard work pays off!
Tavsiyalar
Bir paytlar ingliz tilini o‘rganish oson kechmagan, ammo yillar davomida qilingan mehnat oxir-oqibat o‘z mevasini berdi.
Batafsil→