Jami 77 ta maqola

SQL'ni qanday tartibda o'rganyapman ✍️
SQL'ni o‘rganishda ko‘proq video ko‘rish kerakmi yoki ko‘proq kod yozishmi? Men hozircha ikkinchi variantni tanladim: 20% nazariya va 80% amaliyot! Ushbu maqolada SQL'ni qanday tartibda o‘rganayotganim, topshiriqlarni qanday bajarayotganim va o‘rgangan mavzularimni boshqalarga o‘rgatish orqali bilimlarimni qanday mustahkamlayotganim bilan bo‘lishaman. Balki bu usul SQL o‘rganayotgan sizga ham foydali bo‘lib qolar.

Hard skills va soft skills: kompyuterchilar uchun qaysi ko‘nikmalar muhim?
Kompyuter bilan yaxshi ishlashning o‘zi yetarlimi yoki zamonaviy mutaxassisga yana qanday ko‘nikmalar kerak? Ushbu maqolada hard skills va soft skills tushunchalari, ularning farqi va kompyuterchilar uchun qaysi ko‘nikmalar muhimligi haqida batafsil so‘z yuritiladi.

Word dasturida ishimizni osonlashtiradigan 40 mohirlik
Microsoft Word’dan foydalanishda ishni tezlashtiradigan va ko‘pchilik foydalanuvchilar bilmaydigan usullarni bilasizmi? Ushbu qo‘llanmada Word dasturidagi 40 ta amaliy mohirlik sodda va tushunarli tarzda jamlangan. Matn bilan ishlashdan tortib jadvallar, formulalar, avtomatik saqlash, maxsus belgilar va hujjatlarni himoyalashgacha bo‘lgan ko‘plab foydali imkoniyatlar bir joyga to‘plangan. Qo‘llanmani yuklab olib, Word’da kundalik ishlaringizni yanada tez va qulay bajarishni o‘rganing!

Win tugmasi bilan bajariladigan barcha foydali kombinatsiyalar
Windows'da ko‘plab amallarni sichqonchasiz, faqat klaviatura yordamida tez bajarish mumkinligini bilasizmi? Win tugmasi bilan ishlaydigan kombinatsiyalar oynalarni boshqarish, qidirish, skrinshot olish, dasturlarni ochish va boshqa ko‘plab vazifalarni ancha tezlashtiradi. Ushbu maqolada Win tugmasi ishtirokidagi eng foydali va amaliy shortcutlar bir joyga jamlangan.

Son va yozuvlarni yonma-yon yozish (hisoblashni buzmagan holda)
Ushbu videodarsda Excel’da son qiymatlari yoniga ularning o‘lchov birligi yoki boshqa yozuvlarni qo‘shish usuli ko‘rsatiladi. Bunda sonlar ko‘rinishini o‘zgartirgan holda hisoblash imkoniyatini saqlab qolish yechimi amaliy misol orqali tushuntiriladi.

⏳ Vaqtni sotib olish
Vaqt — qayta sotib olib bo‘lmaydigan eng qimmat resurslardan biri. Ushbu maqolada “vaqtni sotib olish” tushunchasi va uni kundalik hayotda qanday qo‘llash mumkinligi haqida shaxsiy tajribalar asosida so‘z yuritiladi. Mayda ishlarni boshqalarga topshirish, montaj kabi vazifalarni delegatsiya qilish, tirbandlikda vaqtni tejash va mazmunsiz mashg‘ulotlardan voz kechish orqali vaqt, energiya va asabni qanday tejash mumkinligi haqida amaliy misollar keltiriladi.

AutoCAD buyruqlari: barcha komandalar va klaviatura qisqartmalari (PDF)
AutoCAD'da tez va samarali ishlash uchun buyruqlarni klaviatura orqali ishga tushirish juda qulay. Ushbu maqolada AutoCAD komandalaridan foydalanishning afzalliklari, eng ko‘p ishlatiladigan buyruqlar va ularni o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishasiz. Shuningdek, barcha AutoCAD buyruqlari alifbo tartibida jamlangan PDF qo‘llanmani yuklab olishingiz mumkin.

Dataset nima? Data Analyst uchun datasetlarni qayerdan topish mumkin?
Dataset — data bilan ishlashni o‘rganayotgan mutaxassis uchun eng muhim amaliy vositalardan biridir. Ushbu maqolada dataset nima ekanini, uning asosiy turlarini, Excel, SQL, Power BI va Python bilan ishlashda qanday foydalanilishini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, amaliy mashq qilish uchun bepul datasetlarni qayerdan topish, datasetni qanday tanlash va undan biznes uchun foydali xulosa chiqarish bo‘yicha tavsiyalar beramiz.

Excel'da ВПР (VLOOKUP) funksiyasi: ma’lumotlarni tez topish va jadvallarni bog‘lash
Ushbu videodarsda Excel dasturidagi ВПР (VLOOKUP) funksiyasi bilan boshlang‘ich darajada ishlashni o‘rganamiz. ВПР yordamida katta jadvallardan kerakli ma’lumotlarni tezda topish, bir jadvaldagi ma’lumotni boshqa jadvalga avtomatik olib kelish va qo‘lda bajariladigan ishlarni kamaytirish mumkin. Dars davomida funksiyaning tuzilishi va ishlash prinsipi sodda, amaliy misollar orqali tushuntiriladi.

Antivirus bazasi va litsenziyasi: ularning qanday farqi bor?
Antivirus bazasi nima, litsenziya nimani anglatadi va ularning farqi nimada? Ushbu maqolada antivirus bazasi, litsenziya va aktivatsiya tushunchalarini amaliy misollar orqali tushuntiramiz. Shuningdek, antivirusni qanchalik tez-tez yangilash kerakligi, crack versiyalardan foydalanish xavfi, Windows Defender imkoniyatlari va kompyuterni viruslardan himoyalashning asosiy qoidalari haqida bilib olasiz.

AI ustozlar oʻrnini egallaydimi?
Sun’iy intellekt rivojlanishi ustozlar va o‘rgatuvchi videolarga bo‘lgan talabni o‘zgartiradimi? AI oddiy bilim berish vazifalarini bajara boshlagan bir paytda, ustozlar qanday qilib o‘z qiymatini saqlab qolishi va talabgir mutaxassisga aylanishi mumkin? Ushbu maqolada AI va ustozlikning kelajagi, tutoriallarga bo‘lgan talab hamda zamonaviy ustoz uchun strategik mentorlikning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

Word dasturida "Сноска" (Footnote) qo‘shish va sozlash
Microsoft Word dasturidagi «Сноска» (Footnote) funksiyasi yordamida matnga qo‘shimcha izoh va manbalarni qanday kiritish mumkinligini o‘rganamiz. Videodarsda «Сноска» nima uchun kerakligi, uni hujjatga qo‘shish, raqamlash va turli sozlamalarini o‘zgartirish usullari amaliy misollar orqali ko‘rsatiladi.
Yangi maqolalardan xabardor bo'ling
Eng so'nggi maqolalar va yangiliklar email orqali oling.