Bir kuni hayolimga "men biror kompaniyani HR yoki rahbari bo'lsam va meni kompaniyamga ishga kirmoqchi bo'lganlar bilan suhbat qilish paytida ularning qanday xodim ekanligini qanday aniqlasam bo'lar ekan?" deb o'ylab qoldim. Ishga kirmoqchi bo'lganlarni 2 guruhga bo'ladigan bo'lsak: oldin ishlagan (tajribasi borlar) va o'qishni endi bitirganlar (hali hech qayerda ishlamagan). Ularni ichidan ishlaganlarni qilgan ishlari va tajribasi asosida oson filtrlash mumkin deb o'yladim va ishga kirishga talabalar kelsa qanday savol-javob qilishim kerak deb o'yladim.
O'zim ham 6 yil OTM'da o'qiganim uchun o'zim va kursdoshlarim ichida vaqtidan unumli foydalangan, o'z ustida ishlagan va umuman aytganda borayotgan ishiga tez kirishib, o'rganib ketish ehtimoli bo'lgan insonlarni bir qancha omillar orqali ajratib olish mumkin deb o'yladim.
Agar men kompaniya ochsam yoki qaysidir kompaniyaga talabalarni ishga olishda suhbat qilishim kerak bo'lsa quyidagi savollarni berib, ular haqida imkon qadar to'g'ri va to'liqroq xulosa chiqarishga harakat qilardim:
1. Suhbatga kelgan talabani diplomini chekkaga qo'yib (qizil, tilla rangda bo'lsa ham), o'qishda nimalarni o'rganganlarini qisqacha aytib berishini so'rar edim. Shu orqali haqiqatdan o'qish payti sohasini o'qigani haqida tushuncha hosil qilardim.
2. OTM'dan tashqari qayerlarda va nimalarni o'qiganini so'rar edim. Udemy, YouTube'da o'zini sohasi yoki boshqa qiziqqan sohasi bo'yicha biror kursni mustaqil o'qiganmi? Kurslarga qatnashganmi? Umuman bekor vaqtini qanday o'tkazganiga qiziqar edim. Bu jihat men uchun qiziq, chunki ish payti ham bo'sh vaqt bo'lganda yangi ishchi instagram ko'rib o'tirganidan ko'ra ish yoki kelajakda o'ziga kerak bo'ladigan biror nima bilan shug'ullanishi ancha foydaliroq.
Hozircha hayolimga kelgan savollar shular, balki kompaniya ochgunimcha yana savollarim paydo bo'lar )
Siz kelgan nomzodlardan nimalarni so'ragan bo'lar edingiz?
Manba: @Maxmudovning_tajribasi
Nomzodlardan nimalarni soʻrar edingiz?
🔎O'xshash maqolalar

CV, rezyume va obyektivka: nima farqi bor va qayerda qaysi biri so‘raladi?
Ish qidirganda «rezyume yuboring», «CV kerak» yoki «obyektivka to‘ldiring» degan talabga duch kelmaganlar kam. Bu uch hujjat bir-biriga o‘xshab ketadi, lekin maqsadi, hajmi va so‘raladigan joyi butunlay boshqa. Maqolada har birining nimaligini, qaysi tashkilot qaysi birini so‘rashini va qanday to‘g‘ri tuzishni ko‘rasiz. Oxirida uchala hujjatning oddiy PDF namunalari va xatolar ro‘yxati bor. Shuni o‘qib bo‘lgach, qaysi joyga qaysi hujjat kerakligini adashmasdan bilib olasiz.

Tanqid va taklif
Tanqid qilish oson, ammo uning o‘rniga yechim taklif qilish-chi? Ushbu ibratli hikoya har qanday fikrga baho berishdan oldin “Men bundan yaxshiroq nima taklif qila olaman?” degan savolni berishga undaydi.

Hamma o'z ishini qilsa rivojlanish bo'ladi!
Hamma ishni bir o‘zingiz qilishga urinish sizni charchatib, rivojlanishingizni sekinlashtirishi mumkin. Ishni to‘g‘ri taqsimlash va delegatsiya qilish esa vaqtni tejaydi, samaradorlikni oshiradi va boshqalarga ham imkoniyat yaratadi.