ℹ️ Adashmasam 2004-yillarda maktabda boshlang'ich sinfda o'qigan paytlarimda sinfdoshlarimning bir qanchasi kompyuter o'ynash uchun kompyuterxonalarga kirib ketishsa uzoqdan qarab qolardim va o'zimcha o'ylar edim: "Men umrim davomida kompyuter degan narsani ko'rolarmikanman, ishlatib ko'rolmasam kerak..." - degan hayollar bilan uyga qaytar edim.
🔜 Keyinchalik esa kompyuter degan "narsa" bilan tanishdim. 2015-yildan boshlab qadrdonlarga aylanib boshladim. Uzoqda ko'ringan orzuyim bilan kuniga bir nimalar o'rganib boshladim. Va hozirgi kunga kelib ushbu "yetishib bo'lmas narsa"ni o'rganish bo'yicha videodarslar tayyorlash bilan shug'ullanib kelmoqdaman, alhamdulillah.
✅ Xulosa: Hech nimani imkonsiz deb ortga chekinmang. Imkon qadar harakat qiling va natijasini Allohdan kuting. Agar kutganingiz o'xshamasa bu yaxshilikga, Alloh sizga o'ylagingizdan ko'ra yaxshirog'ini berishini unutmang. Chunki biz uchun nima yaxshiligini faqatgina Alloh biladi. Bizdan esa tinimsiz mehnat qilish talab etiladi.
P.S. Post ostida o'sha kompyuterxonaning rasmi bo'lishi kerak edi. Afsuski u paytlarda telefonim ham bo'lmagan edi 😉:

Manba: @Maxmudovning_tajribasi


