Tavsiyalar

Dasturchini ham farzandlari bor-ku!

Yuqoridagi videodan anchagina taʼsirlandim, sababi 4 yildan beri obunachilarimga dasturni crack versiyasi (pulga sotib olinishi kerak dasturni yomon dasturchilar tomonidan pul soʻramaydigan qilingani) dan foydalanishga oʻrgatib kelmoqdaman.

Albatta bu borada oʻzimni oqlash uchun juda koʻp sabab/bahonalarni keltirishim mumkin, lekin baribir muallifning mehnatini qadrlamasdan uning dasturini shunchaki ishlatish yaxshi emas.

Tajribamdan kelib chiqib ushbu holatga quyidagilarni yechim sifatida keltirishim mumkin:

1. Baʼzi dasturlarni bepul versiyasi ham koʻpincha yetarli boʻladi. Ochkoʻzligimiz sababli birdaniga Premium versiyasini olishni istaymiz (oʻzim shunaqa insonman).

2. Pullik dasturlarning bepul alternativlaridan foydalanishimiz mumkin. Alternativ dasturlarni topishda ushbu saytni foydasi tegishi mumkin.

3. Sekinlik bilan dasturlardan pul toʻlab foydalanishni boshlasak boʻladi. Masalan, oʻzim Microsoft Office'ni oʻrniga bir muddat Microsoft 365'dan foydalangan edim. U paytlari oyiga 75 ming soʻm edi, lekin ofis dasturlari va videomontaj uchun oʻrtacha dasturga ham ega boʻlgandim.

4. Baʼzi dasturlarning vazifasini hozirda onlayn saytlar ham bajarmoqda. Bu haqida alohida post chiqargan edim.

5. Dastur tanlashda ochkoʻzlik qilishimizga sabab ham unga osonlik bilan erishishimiz, agar kerak dasturni sotib olib ishlatganimizda faqat kerakli dasturlardangina foydalangan boʻlar edik.

Yuqoridagi madaniyatga birdaniga oʻtish qiyin boʻlishi mumkin, lekin oʻrganishimiz kerak. Baʼzan katta kompaniyalarni Oʻzbekistonga kirib kelmayotganiga ham bizni mualliflik huquqlarini hurmat qilmasligimiz sababchi deb oʻylayman.


Manba: @Maxmudovning_tajribasi

Ulashish:

🔎O'xshash maqolalar