Windows uchun drayverlarni rasmiy saytidan yuklash

Drayverlar — Windows operatsion tizimiga kompyuterning ichki va tashqi qurilmalarini to‘g‘ri tanish hamda ulardan to‘liq foydalanish imkonini beruvchi dasturlardir. Masalan, videokarta, Wi-Fi adapter, printer, ovoz kartasi yoki touchpad to‘g‘ri ishlashi uchun mos drayver talab qilinadi.

Drayverlar haqida batafsil ma’lumotni ushbu darsimiz orqali olishingiz mumkin. Bugun esa kerakli drayverlarni rasmiy saytlardan qanday yuklab olish haqida gaplashamiz.

❓ Nega drayverni rasmiy saytdan yuklash kerak?

Internetda turli xil drayverlarni taklif qiluvchi ko‘plab saytlar mavjud. Biroq imkon qadar drayverlarni qurilma ishlab chiqaruvchisining rasmiy saytidan yuklash tavsiya etiladi.

Buning asosiy sababi — rasmiy saytdagi drayver aynan shu qurilma uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning to‘g‘ri va barqaror ishlash ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, norasmiy manbalardagi noma’lum fayllarda keraksiz yoki zararli dasturlar bo‘lishi mumkin.

Qolgan muhim sabablar haqida esa keyingi videoda batafsil gaplashamiz.

💻 Noutbuklar uchun rasmiy drayver sahifalari

Agar noutbukingizga drayver kerak bo‘lsa, avvalo uning ishlab chiqaruvchisi va aniq modelini bilib oling. Quyidagi rasmiy sahifalar orqali kerakli drayverlarni topishingiz mumkin (havolalar vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin):

Drayver yuklashda qurilmaning aniq modeli va Windows versiyasiga mos faylni tanlash muhim. Noto‘g‘ri drayver qurilmaning ishlamasligiga yoki turli xatolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Amaliy videodarsimizda esa drayverni rasmiy saytdan topish, kerakli versiyasini tanlash va yuklab olish jarayonini bosqichma-bosqich ko‘rsatib berganmiz. Buni amalda qanday qilishni videodars orqali ko‘rishingiz mumkin:

Ulashish:

🔎O'xshash maqolalar