IT o‘rganayotganlar uchun foydali ingliz tili kitobi (PDF)

IT sohasiga tegishli inglizcha so‘z va atamalarni o‘rganishni istaganlar uchun juda sodda va amaliy qo‘llanmalardan biri — Jon Marksning Check Your English Vocabulary for Computers and Information Technology kitobi.

Kompyuter yoki IT'ni o‘rganishni tezlashtirish uchun ingliz tilini mukammal bilish shart emas. IELTS 8 olish yoki grammatikani juda chuqur o‘rganish haqida gap ketmayapti. Sizga kerak bo‘ladigani — ingliz tilidagi texnik matn, dastur interfeysi, qo‘llanma yoki videoni tushuna olish.

Chunki IT sohasida ko‘plab atamalar ingliz tilida ishlatiladi. Masalan:

hardware, software, keyboard, mouse, processor, memory, storage, network, browser, search engine, spreadsheet, application, download, upload, password, firewall kabi so‘zlarni tez-tez uchratamiz.

Shu sababli umumiy ingliz tilini bilishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. IT'ga xos lug‘atni ham alohida shakllantirish kerak.


Bu kitobning menga yoqqan tomoni nima?

Kitobda so‘zlar shunchaki:

hardware — qurilma
keyboard — klaviatura
browser — brauzer

ko‘rinishida berilib, yodlashga tashlab qo‘yilmagan.

So‘zlar mavzular bo‘yicha berilgan va ular bilan turli mashqlar bajariladi. Kitobning o‘zi ham vocabulary'ni mavzular asosida o‘rganishni taklif qiladi. Bir kunda bir-ikki sahifadan ishlab, yangi so‘zlarni eslab qolishga urg‘u berilgan.

Masalan, hardware bo‘limida kompyuter qurilmalari, workstation, keyboard, mouse, scanning, printing, mobile phones, data storage, connectivity va networks kabi mavzular bor.

Bu esa o‘rganishni ancha tabiiy qiladi.

Masalan, keyboard mavzusini o‘rganayotganda faqat keyboard so‘zini emas, balki space bar, function keys, shift key, control key, escape key, backspace key, type in, data input kabi iboralarni ham uchratasiz.


Kitob faqat kompyuter qurilmalaridan iborat emas

Kitobning yana bir yaxshi tomoni — mavzular ancha keng.

💻 Hardware

Birinchi bo‘limda:

  • kompyuter qurilmalari;

  • klaviatura va sichqoncha;

  • printer va scanner;

  • mobil telefonlar;

  • kompyuterning ichki qismlari;

  • ma'lumot saqlash;

  • connectivity;

  • networks;

  • electronic payments kabi mavzular o‘rganiladi.

🖥 Software

Ikkinchi bo‘limda esa dasturlar bilan ishlashga oid vocabulary beriladi.

Masalan:

  • operating system;

  • applications;

  • control panel;

  • word processing;

  • image editing;

  • graphic design;

  • spreadsheets;

  • presentation software;

  • software bilan bog‘liq muammolar;

  • turli vazifalar uchun qaysi dasturdan foydalanish.

Masalan, kitobdagi mashqlarda Microsoft Word, Excel, PowerPoint kabi dasturlarda uchraydigan tushunchalar ham ishlatiladi. Excel bo‘yicha esa cell, formula, Autofill, series kabi atamalar ham uchraydi.

🌐 Internet

Uchinchi bo‘lim internet bilan bog‘liq vocabulary'ga bag‘ishlangan:

  • internet asoslari;

  • browser;

  • search engine;

  • internet terminlari;

  • e-commerce;

  • internet security;

  • email.

Masalan, search engine mavzusida keywords, matches, hyperlinks, sponsored links, refine search kabi real qidiruv jarayonida uchraydigan so‘zlar o‘rgatiladi.

Internet security bo‘limida esa hacker, secure, restricted access, spam, firewall, anti-virus, virus, spyware, trojan horse, worm kabi atamalar bilan ishlanadi.


👨‍💻 Bu kitob kimlarga kerak?

Menimcha, kitob ayniqsa quyidagi odamlarga foydali.

1. Kompyuter savodxonligini o‘rganayotganlar

Agar siz kompyuter bilan ishlashni o‘rganayotgan bo‘lsangiz, dastur va qurilmalarda uchraydigan inglizcha so‘zlarni tushunish keyingi bosqichlarni ancha osonlashtiradi.

Masalan, folder, file, delete, save, search, install, uninstall, launch, window kabi so‘zlarni bilishning o‘zi ko‘plab dasturlardan foydalanishni tushunishni osonlashtiradi.

2. IT'ni endi o‘rganayotganlar

Dasturlash, data analytics, SQL, Excel, Power BI yoki boshqa IT yo‘nalishini o‘rganayotgan bo‘lsangiz, inglizcha terminlar bilan baribir to‘qnashasiz.

Shuning uchun IT'ni o‘rganish bilan birga IT vocabularyni ham rivojlantirib borish foydali.

3. Ingliz tilidagi darslarni ko‘rmoqchi bo‘lganlar

Bu men uchun kitobning eng katta foydalaridan biri.

Tasavvur qiling, YouTube'da juda yaxshi Excel yoki Python darsini topdingiz. Video ingliz tilida.

Agar:

cell, range, formula, worksheet, column, row, insert, delete, select, copy, paste

kabi so‘zlarni oldindan bilsangiz, videoni tushunish ancha osonlashadi.

Ya'ni ingliz tilini mukammal bilmasangiz ham, sohaga tegishli vocabulary'ni bilish orqali kerakli kontentni iste'mol qila boshlaysiz.

4. Ingliz tilidagi dokumentatsiyani o‘qishni xohlaydiganlar

IT'da biror muammoga duch kelganingizda ko‘pincha Google orqali ingliz tilidagi maqola, forum yoki documentation'ga chiqib qolasiz.

Masalan:

How to install...
How to fix...
How to configure...
How to connect...
How to troubleshoot...

kabi iboralarni tushunishning o‘zi ham katta yordam beradi.

Kitobda esa faqat otlar emas, IT'da ishlatiladigan fe'llar va sifatlar ham o‘rgatiladi. Masalan, click on, print out, send and receive, plug in, unplug, insert kabi amaliy fe'llar berilgan.


❌ Kimlar uchun bu kitob mos emas?

Bu kitobni professional programmer yoki computer engineer uchun chuqur texnik lug‘at deb qabul qilmaslik kerak.

Muallifning o‘zi ham kitob ilg‘or darajadagi programmerlar yoki electronic engineerlar uchun mo‘ljallanmaganini aytadi. Asosiy maqsad — IT'dan foydalanadigan va ingliz tilida ishlaydigan muhitga kirayotgan intermediate va undan yuqori darajadagi o‘quvchilarga kerakli vocabulary'ni berish.

Shuning uchun bu kitob:

“Menga dasturlashni o‘rgatadi” degan maqsad uchun emas.

Balki:

“Men IT'ni o‘rganayotganimda uchraydigan inglizcha so‘zlarni tushunishni o‘rganmoqchiman” degan maqsad uchun kerak.


🎯 Kitobdan qanday foydalanish kerak?

Kitobni boshidan oxirigacha bir o'tirishda tugatishga harakat qilish shart emas.

Muallif ham mavzularni qiziqish va ehtiyojga qarab tanlash mumkinligini aytadi. Hatto barcha sahifalarni bajarish ham shart emas. Bir kunda bir yoki ikki sahifani ishlab, yangi vocabulary'ni eslab qolishga urg‘u berish tavsiya qilinadi.

Masalan, agar siz hozir Excel o‘rganayotgan bo‘lsangiz, avval spreadsheet bilan bog‘liq mavzularni o‘rganishingiz mumkin.

Internetdan foydalanishingiz ko‘p bo‘lsa — Internet bo‘limiga o'ting.

Kompyuter qurilmalarini yaxshiroq tushunmoqchi bo‘lsangiz — Hardware bo‘limidan boshlang.

Shu jihatdan kitobni oddiy IT English vocabulary workbook sifatida ishlatish juda qulay.


Xulosa

Kompyuter yoki IT'ni o‘rganishni tezlashtirish uchun ingliz tilini o‘rganish kerak, deganimizda “IELTS 8 olishingiz kerak” degani emas.

Maqsad — kerakli inglizcha matn, video, dokumentatsiya va dastur interfeyslarini tushuna olish.

Buning uchun esa avvalo sohaga tegishli eng ko‘p ishlatiladigan so‘z va iboralarni bilish kerak.

Check Your English Vocabulary for Computers and Information Technology aynan shu joyda foydali bo‘lishi mumkin: u hardware, software va internet mavzularini qamrab oladi va vocabulary'ni mashqlar orqali mustahkamlashga imkon beradi.

Shuning uchun agar siz IT o‘rganayotgan bo‘lsangiz va ingliz tilidagi kontentdan foydalanishni boshlamoqchi bo‘lsangiz, bu kitobni yoningizda tutib, har kuni 1–2 sahifadan ishlab borish yomon fikr emas.

IT'ni o‘rganish uchun ingliz tilini mukammal bilish shart emas. Avval IT tilini tushunishni boshlang. Ingliz tilingiz ham shu jarayonda rivojlanadi.


🔽 Kitobni yuklash:

📎 Check_Your_English_Vocabulary_for_Computers_and_Information_Technology.pdf (1.3 MB)

Ulashish:

🔎O'xshash maqolalar