Tavsiyalar

Qo'shiqchilarni to'yga chiqishiga siz sababchisiz! Yohud donat o'zi nimaga kerak?

Donat - muallifni mehnatini rag'batlantirish maqsadida beg'araz moliyaviy ko'mak berish, oddiy qilib aytganda sizga ingliz tilini youtube'da o'rgatuvchi ustozga yordam qilish maqsadida uning hisobiga ma'lum miqdorda pul o'tkazishingiz donat qilish deyiladi. Donatlar ijodkorlarning daromad manbalaridan biri hisoblanadi, hattoki mashhur Топлес'ni videolarida ham donat qilishimiz mumkinligi haqida aytib o'tadi.

Ijodkorni donat qil deyishini xalqimiz tilanchilik qilyapti deb hisoblaydi, lekin bu noto'g'ri! Keling bir misol keltiray, siz uyizga o'rnatish uchun kamera oldingiz, do'kondagi usta kamerani 200 ming so'mga o'rnatib beraman dedi, siz o'zingiz bilmaganingiz uchun to'lashga tayyorsiz. Lekin bir tasodif bilan YouTube'da kamera ulash bo'yicha videoni ko'rdingiz va kamerani o'zingiz o'rnatdingiz, shunda ustaga berilishi kerak bo'lgan 200 ming yoningizga qoldi. Shu pulni hammasini yoki bir qismini sizni ishingizni oson qilgan va keyinchalik ham kerak bo'ladigan ko'nikmani bergan video muallifiga donat qilishingiz mumkin, to'g'ri siz bergan pul bilan u boy bo'lmaydi, lekin shunday foydali videolar qilish uchun motivatsiya oladi.

Chet davlatlarda biror sohani rivojlanishiga donatorlarning faolligi ham sababchidir. Chunki donatorlar tomonidan berilgan ko'mak muallifni boshqa ishlarga chalg'imasdan faqat ijod qilishiga ko'mak beradi, shu sababli bir inson bir sohani "oxirigacha olib boradi". Boshqa davlatlarda musiqachilar o'z ijod mahsulini to'ylarga borib, betartib joylarda tarqatishmaydi, chunki muallifni qo'llab-quvvatlash uchun muxlislari uni qo'shiqlarini pullik platformalarda obunani sotib olish orqali amalga oshirishadi. Bizda esa qo'shiqchilar qo'shiqlarini to'ylar uchun tayyorlashadi (bitta qo'shiq tayyor bo'lishiga ham anchagina xarajat qilishadi, xarajatni qoplash kerak-ku), bunga biz aybormiz! Agar biz ham ularni mehnatini qadrlab qo'shiqlarni pullik platformalarda eshitganimizda ular to'yda yurishi uchun sabab qolmagan bo'lardi. Menimcha Konsta hozirda mana shu tizimdan foydalanyapti.

Aytaylik bir ijodkorni 10 ming kishi kuzatadi va muallif ular uchun doimo foydali narsalar tayyorlab loyihalarida ulashib keladi, shunda ijodkorni qo'llab-quvvatlash uchun har bir obunachi 10 ming so'mdan donatlik qilsa ham ijodkor uchun anchagina motivatsiya berardi (10 000 so'm * 10 000 kishi = 100 mln so'm). 10 ming so'm bilan siz kambag'al bo'lib qolmaysiz, lekin sizga foydasi tegayotgan insonga foydangiz tekkan bo'lasiz.

Donatning ta’siri faqat YouTube videolari yoki blogerlar bilan cheklanmaydi. Masalan, ochiq kodli dasturlar (Open Source) dunyosida ham foydalanuvchilar va kompaniyalar dasturchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

Buning yaqqol misollaridan biri — GitHub Sponsors. 2026-yil iyulida GitHub ushbu platforma orqali Open Source dasturchilari va loyihalariga $100 milliondan ortiq mablag‘ berilganini ma’lum qildi. Bu pullar odamlar kundalik foydalanadigan dastur va infratuzilmalarni yaratib, qo‘llab-quvvatlaydigan dasturchilarni moliyalashtirishga xizmat qiladi.

Boshqa bir platforma — Open Source Collective ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda uning orqali Open Source loyihalariga $9,7 million mablag‘ yetkazilgan, 2017-yildan beri esa jami $50 milliondan ortiq mablag‘ yig‘ilgan.

Ya’ni siz bir dasturchi yoki ijodkorga bergan kichik ko‘magingiz shunchaki “rahmat” emas. Agar bu mablag‘ muallifga loyihasini davom ettirish, vaqtini shu ishga ajratish yoki yangi loyiha yaratish imkonini bersa, u butun internet foydalanuvchilari foydalanadigan mahsulotning rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin.

Oddiy qilib aytganda:

👤 Foydalanuvchi → 💰 Donat → 👨‍💻 Muallif/dasturchi → 🛠 Yangi kontent yoki loyiha → 🌐 Boshqa foydalanuvchilar

Shuning uchun rivojlangan internet ekotizimida “foydalandim — qadrladim — qo‘llab-quvvatladim” degan madaniyat ham muhim. GitHubning o‘zi ham moliyaviy qo‘llab-quvvatlash Open Source'ni yanada barqaror qilishga yordam berishini ta’kidlaydi.

Endi o'zingizga savol bering: Sizga foydasi tekkan insonga foydangiz tekkanmi? Uni mehnatini hech bo'lmasa ijobiy reaksiya yoki yaxshi fikrlaringiz bilan e'tirof etganmisiz? Agar javoblaringiz "Yo'q" bo'lsa bilingki bizda ijodkorlarni rivojlanmayotganiga Siz ayborsiz 😔.

Ulashish:

🔎O'xshash maqolalar