O'xirgi paytlar juda minimalist bo'lishga intilyapman, biror yo'nalish bo'yicha ko'pgina dasturlarni yuklab olaman, tekshirib chiqaman va yoqqanlarini qoldiraman (agar arzisa obuna bo'laman yoki sotib olaman, ularni ⭐️ bilan belgilaymiz).
✅ Ushbu postda sizlarga o'zim ishlatib kelayotgan android dasturlarimni tanishtirmoqchiman, hamma bilganlarini imkon qadar eslamaslikka harakat qilaman.
• Stay Focused ⭐️- Menda bu dastur YouTube'dagi shorts qismini bloklaydi, ishxonani telegramini kechki 7 dan ertalabki 9 gacha yopadi, YouTube va Telegram'larga kechki 9 dan ertalabki 9 gacha kirishni cheklaydi. Biroz o'zizni nazorat qilishga yordam beradigan dastur.
• Mutolaa ⭐️& Hilol eBook - kunda imkon qadar vaqt topib hech bo'lmaganda audio kitob o'qishim uchun foydalanadigan dasturlarim.
• 1Fit ⭐️- kuni bo'yi o'tirib ishlaganimda miyalarim charchaydi, ishdan chiqib 1Fit'ga ulangan zalga borib tanamni chiniqtirib, charchataman va kechqurun mazza qilib uxlayman. Yillik abonement olaman desangiz meni promokodimni ishlatsangiz, menga 1 oy sovg'a qilishadi: wmteam95
• Google Keep - bloknot, to do dastur sifatida ishlatish mumkin, telefon va noutbukka bitta gmail pochtani ulagan bo'lsangiz dasturni sinxron holatda ishlatishingiz mumkin.
• Signal Strength - qayerda wifi yoki telefonni interneti yaxshi ishlashini sodda ko'rinishda aniqlashga yordam beradigan dastur.
• TVCOM ⭐️- crack dasturlardan qutulish bilan birgalikda kino va seriallarni ham obuna sotib olib ko'rishga harakat qilaman, buning uchun shu dasturdan eng arzon tarifini ishlataman. Bugun futbol ko'rish uchun Setanta obunasini ham sotib oldim. Kinolarni ingliz tilidagi audio bilan ko'rish imkoniyati borligi shu dasturni tanlashimga sabab bo'lgan.
• ChatGPT ⭐️- chatbotlardan eng ko'p foydalanadiganim shu. Miyamga biror g'oya kelsa ham u bilan muhokama qilib, arziydigan bo'lsa amalga oshirishga harakat qilaman. Qisqa qilib aytganda meni donishmand do'stim.
• Quick Ball - bu dasturcha bilan yaqinda tanishdim, uni vazifasi rasmdagidek kichik aylana hosil qiladi, uni bossangiz ko'p ishlatadigan dasturga havola berilgan bo'ladi.
• BMI - sport bilan shug'ullangan inson bo'yi bilan vazni to'g'ri kelishi kabi jihatlarga qiziqadi. Bu dasturda turli o'lchovlar oddiy tilda ko'rsatilar ekan.
• Yandex Maps & 3TM - biror joyga borishimda qayerdan qaysi transportga minishim kerakligi & qaysi avtobus qachon kelishini ko'rsatuvchi dasturlar.
• Monefy ⭐️- yaqindan boshlab nimaga qancha pul sarflaganimni yozib boryapman va oy oxirida qancha pulni ortiqcha sarflaganim haqida xulosa chiqarishim mumkin bo'lyapti. Hali xarajatlarimni to'liq nazorat qilish va tejamkor bo'lishga to'liq o'rganmadim, yarim yo'ldaman.
• Loop Habit Tracker - ba'zan insonga biror ishni qilishiga oddiygina ✅ ham turtki beradi, bu dastur yordamida qilishim kerak bo'lgan odatlar va kechishim kerak bo'lgan odatlarni bajargan yoki bajarmaganimni tahlil qilaman. Kichik, minimalistik dastur, lekin kerak hamma funksiyasi bor.
Biror yutuqqa erishishingizda dasturlar shunchaki vosita bo'lib xizmat qiladi, vosita zo'r degani hammasi o'xshaydi degani emas. Oddiy misol: Leonardo da Vinchini shedevr asarlar yaratishi uchun zo'r iPad'i bo'lmagan.
Manba: @Maxmudovning_tajribasi


