Excel’da bir nechta ustunni bitta ro‘yxatga qanday yig‘ish mumkin?

Tasavvur qiling, Excel jadvalida o‘quvchilarning ism-familiyalari turli guruhlar bo‘yicha alohida ustunlarda joylashgan. Endi esa barcha o‘quvchilarni bitta umumiy ro‘yxatga yig‘ish kerak.

Buni har bir ustundan ma’lumotlarni nusxalash orqali bajarish mumkin. Ammo ma’lumotlar ko‘p bo‘lsa, bu usul ancha vaqt talab qiladi.

Yechim — ПОСТОЛБЦ (TOCOL) funksiyasi.

Ushbu funksiya jadvaldagi bir nechta ustun va satrlarda joylashgan ma’lumotlarni bitta vertikal ro‘yxatga aylantiradi.

Funksiya sintaksisi

=ПОСТОЛБЦ(массив;[игнорировать];[сканировать_по_столбцам])

Argumentlar:

  • массив — ma’lumotlar joylashgan diapazon (masalan, A2).

  • игнорировать — qaysi qiymatlarni hisobga olmaslik kerakligini belgilaydi:

    • 0 — barcha qiymatlar;

    • 1 — bo‘sh kataklarsiz;

    • 2 — xatolarsiz;

    • 3 — bo‘sh kataklar va xatolarsiz.

  • сканировать_по_столбцам — ma’lumotlarni qanday ketma-ketlikda olishni belgilaydi:

    • ЛОЖЬ — satrlar bo‘yicha (standart);

    • ИСТИНА — ustunlar bo‘yicha.

Amaliy misol

Faraz qilaylik, A2 oralig‘ida Word, Excel, PowerPoint va SQL kurslari o‘quvchilarining ro‘yxati joylashgan.

Barcha o‘quvchilarni guruhlar bo‘yicha ketma-ket bitta ustunga yig‘ish uchun:

=ПОСТОЛБЦ(A2:D15;1;ИСТИНА)

Bu formula avval Word kursi o‘quvchilarini, keyin Excel, PowerPoint va SQL kursi o‘quvchilarini bitta ustunga joylashtiradi. Bo‘sh kataklar natijaga kiritilmaydi.

Eslatma: funksiya Excel for Microsoft 365 va Excel 2024 versiyalarida mavjud.

Xulosa: ПОСТОЛБЦ funksiyasi bir nechta ustundagi ma’lumotlarni tezda umumiy ro‘yxatga aylantirishga yordam beradi. Ayniqsa, o‘quvchilar, xodimlar, mahsulotlar va telefon raqamlari ro‘yxatlari bilan ishlashda foydali.

Videoda ishlatilgan Excel fayl: 📎 ПОСТОЛБЦ funksiyasi.xlsx (12.2 KB)

Ulashish:

🔎O'xshash maqolalar