4-dars. DML buyruqlari (INSERT, UPDATE, DELETE, TRUNCATE)

DML nima?

DML (Data Manipulation Language) — jadval ichidagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun ishlatiladi.

Biz bu darsda:

  • INSERT INTO

  • INSERT INTO ... SELECT

  • UPDATE

  • DELETE

  • TRUNCATE buyruqlarini o‘rganamiz.


INSERT INTO

INSERT INTO — jadvalga yangi ma’lumotni qo’lda qo‘shish uchun ishlatiladi.

INSERT INTO users (name, age, city)
VALUES ('Ali',20,'Tashkent')

Qism

Vazifasi

INSERT INTO

jadvalga ma’lumot qo‘shadi

users

jadval nomi

(name, age, city)

qaysi ustunlarga yozilishi

VALUES

qiymatlar

('Ali', 20, 'Tashkent')

yoziladigan data

Bir nechta ma’lumot qo‘shish

INSERT INTO users (name, age, city)
VALUES
('Ali',20,'Tashkent'),
('Vali',22,'Samarkand'),
('Sardor',19,'Bukhara')

INSERT INTO SELECT

Bir jadvaldagi ma’lumotni boshqa jadvalga ko‘chirish uchun ishlatiladi.

INSERT INTO users_archive (name, age, city)
SELECT name, age, city
FROM users
WHERE age>=20

Qism

Vazifasi

INSERT INTO

qaysi jadvalga yozish

SELECT

ma’lumotni qayerdan olish

FROM users

users jadvalidan

WHERE age >= 20

filter


UPDATE

UPDATE — mavjud ma’lumotni o‘zgartirish uchun ishlatiladi.

UPDATE users
SET city='Namangan'
WHERE id=1

Qism

Vazifasi

UPDATE users

users jadvalini o‘zgartirish

SET

yangi qiymat berish

city = 'Namangan'

city ustunini yangilash

WHERE id = 1

faqat 1-row

WHERE ni unutish xavfi

UPDATE users
SET city='Xiva'

⚠️ Muhim:

Agar WHERE yozilmasa:

  • barcha qatorlar update bo‘ladi


DELETE

DELETE — ma’lumotlarni o‘chirish uchun ishlatiladi.

DELETE FROM users
WHERE id=3

Qism

Vazifasi

DELETE FROM

ma’lumot o‘chirish

users

jadval nomi

WHERE id = 3

qaysi row o‘chishi

WHERE ni unutish xavfi

DELETE FROM users

⚠️ Natija:

  • barcha qator o‘chadi

  • lekin table saqlanib qoladi


TRUNCATE

TRUNCATE — table ichidagi barcha ma’lumotni tez o‘chiradi.

TRUNCATE TABLE users

Natija

  • barcha data o‘chadi

  • table va struktura saqlanib qoladi

  • DELETE’dan tezroq ishlaydi


DELETE vs TRUNCATE

DELETE

TRUNCATE

WHERE ishlatish mumkin

WHERE ishlamaydi

Bitta row o‘chirish mumkin

Hammasini o‘chiradi

Sekinroq

Tezroq

ID davom etadi

ID reset bo‘lishi mumkin


DML buyruqlari qisqacha

Buyruq

Vazifasi

INSERT INTO

ma’lumot qo‘shish

INSERT INTO SELECT

bir table’dan boshqasiga data ko‘chirish

UPDATE

ma’lumotni o‘zgartirish

DELETE

ma’lumot o‘chirish

TRUNCATE

barcha data’ni tez o‘chirish

Darsga tegishli SQL fayllar

⬇️ Darsda ishlatilgan .sql fayli: 📎 dars_4.sql (2.1 KB)
⬇️ Uyga vazifa .sql fayli: 📎 dars_4_uy_ishi.sql (2.5 KB)

Ulashish:

🔎O'xshash maqolalar