Tavsiyalar

Zulmatni la'natlagandan ko‘ra, bitta sham yoqqan afzal

😒 Internetda ham hayotda ham odamlarni hozirgi yashash holatidan, boshqaruv, ta'lim va boshqa sohalardan noliyotganini ko'rish mumkin. Bu sohalarda yetakchi bir qancha blogerlar ham mavjud.

🤨 To'g'ri hayotimizdagi muammolar yetarli va buni xalqga olib chiqayotgan blogerlarga ham oson emas. Lekin zulmatni la'natlagandan ko'ra, bitta sham yoqqanimiz afzal emasmi? Aytaylik Siz ta'lim sohasidagi muammolarni va ularning yechimlarini ko'rolasiz, bu bo'yicha tavsiyalar berolasiz. Shunda sizda 2 ta yo'l qoladi: Ta'lim sohasiga oid insonlarni muammolarni hal qilmayotgani uchun la'natlash yoki ushbu sohadagi muammolarni yechimi uchun kichik "sham yoqish".

🎙 Blogerlardan men bir nechta ta'limga oid loyihalar yuritadiganlarninggina faoliyatiga qiziqaman. Masalan, Nurbek Alimov degan inson kamchiliklarni yoritish bilan bir qatorda jahonga mashhur kitoblarni tarjima qilib bepulga tarqatadi (buni bir sham deyish mumkin).

💻 Men maktab davrimdan boshlab informatika fanini o'tishdagi muammolarni kuzatib kelganman va ushbu muammolarni hal qilish maqsadida @kompyuter_akademiyasi kanalini yuritib kelmoqdaman. Hech bo'lmaganda muammoning 0.00000001% ni hal qilayotgan bo'lsam ham yetarli (chumolini olovni o'chirish uchun suv tashiganini eslang).

🤗 Hayotda muammolar ko'p, bunga sababchilar ham ko'p, lekin ularni "eslab qo'yaverganimiz" bilan biror nima o'zgarishi qiyin. Chunki siz mashinani egasi emas yo'lovchi bo'lsangiz haydovchi rulni burgan tomonga borishga majbursiz. Yechim: boshqa mashina olish va mustaqil haydash!

Manba: https://t.me/vmblogi (09.09.2021y)

Ulashish:

🔎O'xshash maqolalar