Tavsiyalar

⏳ Vaqtni sotib olish

Vaqtni sotib olish - bu majoziy maʼnodagi ibora boʻlib, biror ahamiyatsiz yoki mayda boʻlgan ishlarni boshqalarga pul evaziga qildirish asosida oʻz vaqtingizni tejab qolishingiz tushuniladi.

📱 Bu ibora boʻyicha koʻp toʻxtamayman, qiziq boʻlsa ChatGPT'dan ancha qiziq maʼlumot va faktlarni bilib olishingiz mumkin. Bugun bu iborani hayotimda ishlatganlarim boʻyicha boʻlgan voqealarni aytib beraman.

• Kvartirada turgan paytlarim sheriklarim bilan navbatchilik qilishga kelishib olgandik, meni navbatim kelganda ovqat qilishni boplaydigan sherigim men uchun ham navbatchilik qilardi. Bu uchun men 20 ming (adashmasam) soʻm u bolaga berardim, baʼzan 1 oylik navbatchilik pulini tashlab qoʻyardim. Ovqat qilishga ketgan vaqtimga @kompyuter_akademiyasi va boshqa loyihalarim uchun kontent tayyorlar va daromad ham olardim.

• Yaqinda @ks_kursi ni tayyorlashni tezlashtirish va "vaqtni sotib olish" maqsadida videolarni bir montajchi ukamizga montaj qildirdim, har bir video uchun bir narx kelishgan edik. Natijada qisqa vaqtni kursni tayyorlash va eʼlon qilishga erishdik.

Yuqoridagilar o'zimni hayotimda "vaqtni sotib olish" uchun amalga oshirgan ishlarim, bu ishlarni qilish paytida "vaqtni sotib olish" degan atamani bilmas edim. Maqsadim vaqtim, energiya va asablarimni tejash bo'lgandi.

Siz ham qiymatsiz narsalar uchun qimmatbaho narsalaringizdan voz kechmang, to'g'ri bu yerda ko'p narsa pul orqali xarid qilinadi va moliyaviy mustaqillikka erishmagan odam uchun bu narsalar qiyin tuyulishi mumkin, lekin ko'p jihatlarda bir arzimas narsalar uchun ham ancha vaqt yo'qotamiz (instagram, tiktok'da mazmunsiz videolar ko'rish bunga yaqqol misol). Puli yo'q lekin vaqtini tejashni istaydiganlar uchun o'zim ko'p amal qilgan bir usul soatlar tirbandlikda qolmaslik uchun tirbandlik boshidan tirbandlik oxirigacha piyoda yurish mumkin, bu vaqtni ham tejaydi va sog'liq uchun ham foydali.

Bundan usullardan ko'pini topishimiz va hayotimizga tadbiq etishimiz mumkin, buning uchun avvalo bizga berilgan vaqtni qadriga yetishimiz kerak. Bo'lmasa hammasi bir 🪙.

Manba: @Maxmudovning_tajribasi

Ulashish:

🔎O'xshash maqolalar