Agar siz Excel dasturida ishlashni bilsangiz yoki elektron jadvallarni endi o'rganayotgan bo'lsangiz, Google Sheets'ni ham albatta o'rganishingizni tavsiya qilaman. Chunki zamonaviy ish jarayonlarida faqat formulalarni bilishning o'zi yetarli emas. Jamoaviy ishlash, avtomatlashtirish, sun'iy intellekt (AI) bilan integratsiya va ma'lumotlarni internet orqali boshqarish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu maqolada Google Sheets'ni o'rganishingiz kerak bo'lgan 20 ta asosiy sabab bilan tanishasiz.
1. Ish beruvchilar Google Sheets'ni bilishni ham talab qilishmoqda
Bugungi kunda ko'plab vakansiyalarda Microsoft Excel bilan bir qatorda Google Sheets bo'yicha ham ishlay olish talabi qo'yilmoqda. Ayniqsa, ofis menejeri, buxgalter, data analyst, marketing mutaxassisi, loyiha menejeri va administrator lavozimlarida bu ko'nikma katta ustunlik hisoblanadi.

Agar ikkala platformada ham bemalol ishlay olsangiz, mehnat bozorida raqobatbardoshligingiz oshadi.
2. Jamoaviy ishlash uchun eng qulay vositalardan biri
Google Sheets'ning eng katta ustunliklaridan biri β bir nechta foydalanuvchi bitta jadval ustida bir vaqtning o'zida ishlay oladi.
Kim qanday o'zgartirish kiritayotganini real vaqt rejimida ko'rasiz. Fayllarni Telegram yoki elektron pochta orqali yuborib yurishga ehtiyoj qolmaydi.
3. Excel foydalanuvchilari juda tez moslashadi
Agar Microsoft Excel'ni bilsangiz, Google Sheets'ni o'rganish siz uchun qiyin bo'lmaydi.
Interfeys, formulalar va ishlash uslubi bir-biriga juda o'xshash. Odatda bir necha kun ichida bemalol ishlay boshlash mumkin. Lekin siz Excel'ni bilmasangiz ham Sheets bilan tezda tanishib ketasiz, sababi Excel'dan farqli ravishda Sheets'da ortiqcha elementlar kamroq.
4. Ayrim vazifalarni Excel'dan ham oson bajarish mumkin
Internetdan ma'lumot olish, boshqa jadvallarga ulanish yoki onlayn ma'lumotlarni avtomatik yangilash kabi vazifalar Google Sheets'da ancha qulay.
Ko'plab hollarda murakkab VBA kodlari o'rniga oddiy formulalar yoki Google Apps Script yetarli bo'ladi.
5. Ma'lumotlar avtomatik saqlanadi
Google Sheets har bir o'zgarishni avtomatik saqlaydi. Elektr toki o'chib qolsa, brauzer yopilib qolsa yoki kompyuteringiz qayta yuklansa ham ma'lumotlaringiz saqlanib qoladi.
6. O'zgarishlar tarixini ko'rish mumkin

ΠΡΡΠΎΡΠΈΡ Π²Π΅ΡΡΠΈΠΉ (Versiyalar tarixi) yordamida kim, qachon va qanday o'zgartirish kiritganini ko'rishingiz mumkin.
Xato yuz bersa, jadvalni avvalgi holatiga bir necha soniyada qaytarish mumkin.
7. IMPORTRANGE yordamida boshqa jadvallarni ulash mumkin
Google Sheets'dagi IMPORTRANGE funksiyasi boshqa jadvallardan ma'lumotlarni avtomatik olib keladi.
Asosiy jadval yangilansa, bog'langan barcha hisobotlar ham avtomatik yangilanadi. Bu funksiya orqali boshqa jadvaldagi qiymatlarni bu jadvalda ham ko'rinib turishiga erishish mumkin.
8. Google xizmatlari bilan mukammal integratsiya
Google Sheets quyidagi xizmatlar bilan juda yaxshi ishlaydi:
Google Forms
Google Calendar
Gmail
Google Analytics
Google Drive
Masalan, Google Forms orqali yig'ilgan javoblar avtomatik ravishda Google Sheets jadvaliga tushadi.
9. Sun'iy intellekt (AI) bilan ishlash ancha qulay
Bugungi kunda ChatGPT, Gemini va boshqa AI xizmatlarining aksariyati Google Sheets bilan integratsiya qilinadi.
Bu formulalar yozish, ma'lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlashni ancha tezlashtiradi.
10. Google Sheets ma'lumotlarini saytga ulash mumkin
Google Sheets oddiy ma'lumotlar bazasi sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Masalan, mening Kompyuter Savodxonligi saytimdagi "O'quv dasturi" bo'limi Google Sheets'dagi jadvalim bilan bog'langan. Jadval yangilansa, saytdagi ma'lumot ham avtomatik yangilanadi.
11. Tayyor Google funksiyalaridan foydalanish mumkin
Google Sheets'da quyidagi foydali funksiyalar mavjud:
GOOGLEFINANCE - valyuta kursini onlayn olish
GOOGLETRANSLATE - onlayn tarjima imkonini beradi
12. Mutlaqo bepul
Microsoft Excel'dan farqli ravishda Google Sheets'dan foydalanish uchun litsenziya sotib olish shart emas. Google akkauntingiz bo'lsa kifoya. Men tanigan MacOS foydalanuvchilari ham jadvallar bilan ishlash uchun Sheets'dan foydalanishadi.
13. Onlayn ishlaydi
Dastur o'rnatishingiz shart emas. Internet mavjud bo'lgan istalgan kompyuter yoki telefondan jadvallaringizga kirishingiz mumkin.
14. Har qanday qurilmada ishlash mumkin
Kompyuter, noutbuk, planshet yoki telefon bo'ladimi β hammasida bir xil hujjat bilan ishlashingiz mumkin.
15. Fayllarni ulashish juda oson
Shunchaki havolani yuborasiz. Kim ko'rishi, izoh yozishi yoki tahrirlashi mumkinligini bir necha soniyada belgilaysiz.
16. Versiyalar chalkashib ketmaydi
"Hisobot_final.xlsx", "Hisobot_final2.xlsx", "Hisobot_oxirgisi.xlsx" kabi muammolar Google Sheets'da deyarli uchramaydi. Barcha foydalanuvchilar bitta hujjat bilan ishlaydi.
17. Avtomatlashtirish imkoniyatlari juda keng
Google Apps Script yordamida:
PDF yaratish
Email yuborish
Telegram bot bilan ishlash
Hisobot tayyorlash
Avtomatik hisob-kitoblar
kabi ko'plab jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
Bundan tashqari AppSheet orqali kod yozmasdan mobil ilovalar yaratish ham mumkin. Men o'zim ham ishxonadagi ko'p hisobotlarimni AppScript orqali avtomatik ravishda pochtada jo'natiladigan qilganman.
18. API orqali boshqa tizimlar bilan bog'lanadi
Google Sheets CRM, ERP, Telegram bot, mobil ilova yoki veb-sayt bilan bog'lanishi mumkin. Shu sababli ko'plab kichik bizneslar uni oddiy ma'lumotlar bazasi sifatida ham ishlatishadi.
19. Dashboard va hisobotlar yaratish qulay
Diagrammalar, Pivot Table va filtrlar yordamida professional dashboard yaratish mumkin.
Rahbar yoki mijoz bilan oddiy havola orqali ulashish kifoya.
20. O'quv markazlari va kichik biznes uchun ideal
Google Sheets yordamida:
o'quvchilar bazasi,
to'lovlar hisobi,
davomat,
ombor,
mijozlar bazasi,
hisobotlar
kabi ko'plab jarayonlarni qo'shimcha dasturlarsiz boshqarish mumkin.
Xulosa
Google Sheets oddiy elektron jadval dasturi emas. U jamoaviy ishlash, bulut texnologiyalari, avtomatlashtirish, sun'iy intellekt va Google ekotizimi bilan integratsiya qilish imkoniyatlari sababli zamonaviy ish jarayonlarining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Agar siz Microsoft Excel'ni yaxshi bilsangiz, Google Sheets'ni o'rganish siz uchun qiyin bo'lmaydi. Aksincha, bu bilim sizning ish unumdorligingizni oshiradi va mehnat bozorida yanada raqobatbardosh mutaxassis bo'lishingizga yordam beradi.
Qisqasi, bugungi kunda kuchli ofis mutaxassisi bo'lishni istagan har bir inson Excel bilan bir qatorda Google Sheets'ni ham bilishi kerak.
Excel, Google Sheets va umumiy kompyuter savodxonligini bizning kompyuter savodxonligi kursimizdan o'rganishingiz mumkin: https://kskursi.lovable.app/


