Microsoft Word

Microsoft Word (boshlang'ich kurs)

Microsoft Word dasturini o'rganishingiz uchun bepul, to'liq kursni taqdim etamiz. Ushbu darslar 2020-yilning oktabr oylarida tayyorlangan bo'lsa hozirda ham o'zingiz uchun biror foyda olasiz degan umiddamiz.


1-dars. Dastur bilan tanishuv. Asosiy sozlamalar. Qo'shimcha kengaytmalar o'rnatish

ℹ️ Bu darsda dastur bilan tanishamiz, asosiy sozlamalarni amalga oshiramiz va ishlashimizda qulay bo'lishi uchun 2 ta kengaytma o'rnatamiz:
Office tab
• Translit (dastur hozirda yaxshi ishlamayotgani uchun kanaldan olib tashlangan)

📌 Microsoft Office dasturi o'rnatish


2-dars. Matnlar bilan ishlash. "Файл" va "Главная" bo'limlari bilan ishlash!

ℹ️ Ushbu darsimizdan matnlar bilan ishlashni boshlaymiz. Bu dasrimizda juda ko'p jihatlari, layfhaklar berilgani uchun videoni diqqat bilan oxirigacha ko'rishni tavsiya etaman.

✅ Bugungi darsda "Файл" va "Главная" bo'limlaridagi barcha imkoniyatlar bilan tanishib chiqdik.


3-dars. "Вставка" bo'limi. Rasmlar bilan ishlash

ℹ️ Bugungi darsimizda Word dasturidagi "Вставка" bo'limi bilan to'liq tanishamiz. Bu bo'limda ko'pchilik bilmaydigan jihatlar mavjud bo'lib, imkon qadar oson tilda ular bilan tanishtirishga harakat qildik.

✅ Darsimizni 2-qismida rasmlar bilan ishlashni o'rganamiz. Bunda rasmlarni qirqish, ramkalarini o'zgartirish, fonini olib tashlash, katta hujjatlar hajmini kichraytirish va boshqa jihatlari haqida ma'lumotlar berilgan.


4-dars. Jadvallar bilan ishlash. Formula terish

ℹ️ Ushbu darsimizda Word dasturida jadvallar bilan ishlashni hamda turli murakkablikdagi formulalarni terishni o'rgandik.

Jadvallar yaratishni 2 usuli mavjud:
1. Excel yordamida yaratish va Word dasturiga ko'chirish (Excel'da jadvallar bilan ishlash);
2. Word dasturini o'zida yaratish.

Formula yozishni esa bir qiyin formulani yozish bilan ko'rib chiqdik.


5-dars. "Дизайн", "Макет", "Вид" bo'limlari bilan ishlash

ℹ️ Bu darsimizda "Дизайн", "Макет", "Вид" bo'limlari bilan ishlashni ko'rib chiqamiz. Ko'pchilik so'raydigan sahifani foniga yozuv yozish, ba'zi sahifalarnigina albom ko'rinishiga o'tkazish, dastur chetidagi chizg'ich (lineyka)ni chiqarish va boshqa ko'pgina foydali ma'lumotlarni ushbu darsda berishga harakat qildik.


6-dars. Havolalar bilan ishlash. Ichki va tashqi havolalar

ℹ️ Havola - bu biror manzilga bizni olib boradigan yozuv. Internetdagi resurslar havolalar orqali bir-biri bilan bog'langan. Bugungi darsimizda Word dasturida havolalar bilan ishlashni ko'rib chiqdik. Ichki va tashqi havolalar bilan bir qancha amallarni bajarishni amaliy o'rganishga harakat qildik.

✅ Dars 9 qismga bo'lingan bo'lib, nasib qilsa videoni to'liq ko'rish orqali Word dasturida havolalar bilan qiyinchiliksiz ishlashni o'rganasiz.


7-dars. Xavfsizlik. Hujjatlarni tahrirlashdan himoyalash. Saqlanmagan hujjatlarni tiklash

ℹ️ Har bir ishda bo'lganidek matnlar bilan ishlashda ham xavfsizlik asosiy masala hisoblanadi. Bugungi darsimizda Word dasturidagi xavfsizlik haqida gaplashamiz.

✅ Dars davomida hujjatlarni tahrirlashdan himoyalash, nusxa olishdan himoyalash, ma'lum qismini yashirib qo'yish, hujjatni parol yordami himoyalash va albatta saqlanmagan hujjatlarni tiklashni o'rganamiz.


8-dars. Yakuniy dars. Word dasturi bo'yicha layfhaklar. Oson usulda mundarija yaratish

ℹ️ Bugungi dars bilan Word dasturiga oid bo'lgan kursimizni yakunlaymiz. Bugungi darsimizda Word dasturi bilan ishlash davomida kerak bo'ladigan bir qancha amallarni o'rganamiz.

✅ Dars oxiridagi oson mundarija tuzish yo'li esa albatta sizga yoqadi.

📎 Markerlar o'rniga rasmlardan foydalanishda foydalanilgan papka.

Ulashish: