Microsoft Word

Word dasturida "Сноска" (Footnote) qo‘shish va sozlash

Ko‘plab ilmiy maqolalar, kitoblar, qo‘llanmalar va boshqa hujjatlarda sahifaning pastki qismida raqam va uning yonida kichik hajmdagi izoh yoki qo‘shimcha ma’lumot berilganini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bunday izohlar Microsoft Word dasturida «Сноска» (Footnote) funksiyasi yordamida hosil qilinadi.

📌 «Сноска» nima va nima uchun kerak?

«Сноска» — hujjatdagi ma’lum bir so‘z, jumla yoki fikrga qo‘shimcha izoh, manba yoki tushuntirish berish imkonini beruvchi Word funksiyasidir.

Masalan, matnda:

Kompyuter savodxonligi zamonaviy inson uchun muhim ko‘nikmalardan biridir.¹

Sahifaning pastki qismida esa:

¹ Kompyuter savodxonligi — kompyuter va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalari majmuasi.

kabi izoh avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.

📚 «Сноска» qayerlarda ishlatiladi?

Ushbu funksiyadan ayniqsa quyidagi hujjatlarda ko‘p foydalaniladi:

  • ilmiy maqolalar;

  • kurs va diplom ishlari;

  • dissertatsiyalar;

  • kitob va o‘quv qo‘llanmalari;

  • tarixiy va huquqiy hujjatlar;

  • tadqiqot ishlari;

  • manbalarga havola berishda.

Masalan, ilmiy ishda foydalanilgan manbani matnni ortiqcha uzaytirmasdan sahifaning pastki qismida ko‘rsatish mumkin.

Mavzu bo'yicha batafsil ma'lumotni quyidagi videodarsdan olishingiz mumkin:

Ulashish:

🔎O'xshash maqolalar