Microsoft Excel

Microsoft Excel (boshlang'ich kurs)

Microsoft Excel dasturini o'rganishingiz uchun bepul, to'liq kursni taqdim etamiz. Ushbu darslar 2020-yilning oktabr oylarida tayyorlangan bo'lsa hozirda ham o'zingiz uchun biror foyda olasiz degan umiddamiz.


1-dars. Excel dasturi bilan tanishish va asosiy sozlamalarni bajarish

ℹ️ Bu darsda quyidagilarni ko'rib chiqamiz:
- Excelda qanday narsalar qilsa bo'ladi? (namunalar asosida)
- Excel bilan tanishuv;
- Excel bilan ishlashda kerak bo'ladigan sozlamalar va ularni amalga oshirish;


2-dars. Jadvallar bilan ishlash. Sodda hisoblash amallarini bajarish

ℹ️ Bu darsda quyidagilarni ko'rib chiqamiz:
- Excelda jadval shakllantirish va tahrirlash;
- Excelda sodda hisoblash amallarini bajarish.


3-dars. Diagrammalar bilan ishlash (1-qism)

ℹ️ Ushbu darsda diagrammalar bilan ishlashni o'rganamiz!

Diagramma - berilgan ma'lumotlarni turli xildagi grafik ko'rinishi. Diagrammalar orqali kerakli ma'lumotni osongina yetkazib berish mumkin (bu haqida videoda batafsil ma'lumot namunalar bilan berilgan).

✅ Excel dasturida bir necha toifadagi diagrammalar mavjud bo'lib ularni ehtiyojimizdan kelib chiqib tanlaymiz.


4-dars. Diagrammalar bilan ishlash (2-qism)

ℹ️ Bugungi darsda diagrammada uchraydigan kamchiliklar (bo'sh kataklar, grafikni noto'g'ri chizilishi va b.) ni Excel dasturi yordamida bartaraf etishni o'rganamiz!


5-dars. Formula va funksiyalar bilan ishlash (to'liq)

ℹ️ Ushbu darsda exceldagi formula va funksiyalar bilan tanishdik va ular bilan ishlashga doir bir qancha namunalar ko'rib o'tdik.

- Formula - ma'lum arifmetik amalni bajarishga mo'ljallangan ifoda.
- Funksiya - ma'lum vazifaga ega bo'lgan formulalar jamlanmasi.


6-dars. Excelda hujjatlarni tartiblash va saralash

ℹ️ Ushbu darsda Excelda ma'lumotlarni tartiblash va saralashni o'rganamiz!


7-dars. Yakuniy dars: takrorlash. Excelni o'rganish bo'yicha amaliy tavsiyalar

ℹ️ Ushbu darsda Excelda shu paytga qadar o'rganganlarimizni takrorladik va Excelni o'rganish bo'yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdik.

Ulashish:

🔎O'xshash maqolalar