Microsoft PowerPoint (boshlang'ich kurs)

Microsoft PowerPoint dasturini o'rganishingiz uchun bepul, to'liq kursni taqdim etamiz. Ushbu darslar 2020-yilning oktabr oylarida tayyorlangan bo'lsa hozirda ham o'zingiz uchun biror foyda olasiz degan umiddamiz.


1-dars. Dastur bilan tanishuv. Kurs maqsadi. "Главная" bo'limi

ℹ️ PowerPoint dasturini o'rganishni boshlaymiz! Ushbu darsda PowerPoint dasturi bilan yaqindan tanishamiz, imkoniyatlari va kimlar uchun foydali dastur ekanligi haqida fikr yuritamiz.

✅ PowerPoint dasturini barchamiz o'rganishimiz kerak, chunki biror mehnatni ko'rsatib berishda albatta bu dasturdan foydalaniladi.


2-dars. "Дизайн" bo'limi bilan ishlash

ℹ️ PowerPoint dasturida taqdimot tayyorlashimiz uchun slaydlarga mos keladigan ranglar, o'lchamlar tanlashimiz kerak. Bu darsda "Дизайн" bo'limi bilan ishlashni o'rganamiz.

❗️Unutmang, prezentatsiya yaxshi va sifatli chiqishi ko'p ma'noda uning tuzilishi va dizayniga bog'liq.


3-dars. "Вставка" bo'limi bilan ishlash (1-qism)

▶️ Ushbu darsimizda oldin yaratgan prezentatsiyamizga rasm, jadval, matn va boshqa obektlarni kiritishni ko'rib o'tamiz. Birinchni navbatda slaydlardagi ishchi hududni tayyorlashga e'tibor qaratganmiz.

✅ "Вставка" bo'limi bilan ishlash bo'yicha darsimizning 2-qismida multimedia mahsulotlari bilan ishlashni ko'rib chiqamiz.

❗️Videoni diqqat bilan oxirigacha ko'rishni tavsiya qilaman, chunki bu darsda juda ko'p ma'lumotlarni jamlagan holda berishga harakat qilingan.


4-dars. "Вставка" bo'limi (2-qism). Multimedia fayllari bilan ishlash

ℹ️ "Вставка" bo'limi bilan tanishuvni ushbu darsimizda yakunlaymiz. Ushbu bo'lim prezentatsiya yaratishimizda ko'p kerak bo'lishi sababli yaxshi o'rganishimiz kerak bo'ladi.

🖼 Multimedia fayllari bilan ishlashda esa slaydlarga video, audio va boshqa media mahsulotlarini qo'yishni, ularni sozlashni ko'rib o'tdik.


5-dars. "Переходы" va "Анимация" bo'limlari bilan tanishuv

ℹ️ PowerPoint dasturi yordamida yaratilgan prezentatsiyaga "Переходы" va "Анимация" bo'limlari yordamida harakat beramiz.

✅ Agar Siz ajoyib taqdimot yaratmoqchi bo'lsangiz albatta "Переходы" va "Анимация" bo'limlari bilan ishlashni a'lo darajada o'rganishingiz kerak.


6-dars. "Слайд-шоу" bo'limi

ℹ️ Ushbu darsimizda "Слайд-шоу" bo'limi bilan ishlashni ko'rib chiqamiz. "Слайд-шоу" bo'limidagi sozlamalar orqali yaratga prezentatsiyamizni taqdimot paytida keraklicha sozlashimiz mumkin.

👨‍💻👩‍💻 "Слайд-шоу" bo'limidagi "Pежим докладчикa" bo'limi orqali taqdimot qiluvchi uchun bir qator qulayliklarni yaratib berish mumkin.


7-dars. "Рецензирование" va "Вид" bo'limlari

ℹ️ Bugungi darsimizda "Рецензирование" va "Вид" bo'limlari bilan yaqindan tanishamiz. Asosiy e'tiborni "Вид" bo'limini o'rganishga qaratamiz, chunki bu bo'limda slaydlar uchun yaratilgan shablonlarni strukturasini o'zgartirish va o'zimiz uchun ko'p kerak bo'ladigan shablonni mustaqil tayyorlashimiz mumkin.

Ulashish: