Umumiy

Binary search - aqlliroq qidirish metodi!

Adashmasam ТОПЛЕС ning ushbu videosida ushbu atama haqida eshitgan edim va bu metodni anchadan beri ishlatib ketganimni aniqladim. Balki sizlarga ham qiziq bo'lar deb atama bilan tanishtirmoqchiman.

photo_2026-08-06_15-53-24.jpg

✅ Keling atamani osonroq tushunish uchun uni hayotda qo'llash holatlarini ko'rib chiqamiz:

Kitobdan sahifa izlash: 400 varoqli kitobdan 270-betni topish uchun 1-betdan boshlab bittalab varoqlamaysiz. Kitobni srazu o‘rtasidan ochasiz. Agar 200-bet chiqsa, birinchi yarmini butunlay unutasiz va faqat o‘ng tomondan qidirasiz.

Dorixonadan dori qidirish: Sotuvchi siz so‘ragan "Sipar" dorisini minglab dorilar ichidan bittalab qidirmaydi. Dorilar alifbo tartibida turganini bilgani uchun, srazu o‘rtadagi javonni ochadi: agar "M" harfi chiqsa, boshidagi harflarni elab, srazu oxirgi qatorlarga o‘tadi.

Videoni oldinga-orqaga surish: Yutubda 2 soatlik videoning kerakli joyini topish uchun uni boshidan boshlab ko‘rib chiqmaysiz. Slayderni srazu o‘rtaga surasiz, o‘tib ketgan bo‘lsa biroz orqaga, yetmagan bo‘lsa biroz oldinga yurgizasiz.

❓ Nega bu metodni biz o'rganishimiz kerak?

Bu metodni o‘rganish IT-ga kirib kelayotgan insonga quyidagi 3 ta eng muhim foydani beradi:

1. "Kallani ishlatib" kod yozishni o‘rgatadi
Yangi o‘rganuvchilar vazifa bajariwsa bo‘ldi deb hisoblashadi. Algoritmni tushungan odam esa kompyuter qiynalmasligi uchun unga eng kalta va aqlli yo‘lni ko‘rsatishni o‘rganadi.

2. Muammolarni "parchalash" instinkti shakllanadi
Binary Search-ning asosi — muammoni teng ikkiga bo‘lish. Bu mantiq hayotda va IT-da har qanday murakkab yoki ulkan loyihani mayda bo‘laklarga bo‘lib, oson yechish qobiliyatini beradi.

3. Kompyuterning "sehrini" tushunadi
Excel, SQL yoki ma'lumotlar bazasida millionlab qatorlar ichidan ma'lumot qanday qilib bir soniyada topilishini yuzaki emas, ich-ichidan (mantiqan) anglab yetadi.

Ulashish: