Ancha oldinroq obunachisi 2.4 mln'dan oshiq bo'lgan bir akani "Why I stopped making coding tutorials" (nega men dasturlash bo'yicha darslar tayyorlashni to'xtatdim) nomli videosini qisqa ko'rgan edim. Shundan so'ng "endilikda ustozlar qilgan ishni AI qilarmikan?" degan savol hayolimda yurishni boshladi.
O'zimni oxirgi paytlardagi harakatlarimni tahlil qilsam ham muammolarga duch kelganda youtube yoki google'dan izlanmay qo'yganimni payqadim. Muammoga duch kelsam tezlik bilan ChatGPT'dan so'rashga o'tib olganman 😅.
Shularni jamlab kecha ChatGPT va Gemini'dan "AI ustozlar o'rnini egallaydimi? O'rgatuvchi videolar (tutorial) ga bo'lgan talab yo'qoladimi?" mazmunidagi savollarni so'radim. Uni javobi "o'z sohasida mutaxassis bo'lmagan, kreativlik va zamon talablariga moslasha olmaydigan insonlar o'z o'rnini AI ga berib qo'yishadi" mazmunida bo'ldi.
Talabgir ustoz bo'lish uchun strategik mentor bo'lish kerakligini har ikki chatbotlar ham ta'kidlashdi. Odatiy ustozlikda qolish yoki trenddagi ustoz bo'lishimiz o'zimizga bog'liq.
Yuqoridagi tushunmagan joylarni AI'dan so'rab olishingiz mumkin :)
🌐 Foydali havola: Uzun videolarni mazmunini bilish uchun decopy.ai saytidan foydalanishingiz mumkin.
Manba: @Maxmudovning_tajribasi

