“SQL kursi tugadi, lekin SQL'ni o‘rganish tugamaydi.”
SQL'da juda ko‘p buyruqlar, funksiyalar, usullar va sintaksislar mavjud. Ularning hammasini yodda saqlab qolish shart emas.
Muhimi:
kerakli narsani topa olish;
tushunmagan narsani so‘ray olish;
muammoni to‘g‘ri ifodalay olish;
yozgan SQL'ingizni tekshirtira olish;
amaliyot orqali bilimni mustahkamlash.
Bugungi AI vositalari aynan shu jarayonda shaxsiy yordamchi va mentor sifatida ishlatilishi mumkin.
“Esimdan chiqib qoldi” — bundan qo‘rqmang
SQL o‘rganayotgan odam:
“
DATEDIFFqanday yozilardi?”
“
HAVINGbilanWHEREning farqi nima edi?”
“
ROW_NUMBER()qanday ishlardi?”
“CTE sintaksisini unutib qo‘ydim.”
deb qolishi tabiiy.
Bu SQL'ni bilmaslik degani emas.
AI'dan oddiygina:
SQL Server'da DATEDIFF qanday ishlashini beginner darajasida qisqa tushuntirib ber.
2 ta oddiy misol ham ber.deb so‘rashingiz mumkin.
Yoki:
HAVING va WHERE farqini juda sodda qilib tushuntir. Avval nazariyasini, keyin bitta dataset bilan misol ko‘rsat.Lekin javobni shunchaki o‘qib qo‘ymang — kodni o‘zingiz yozib ko‘ring.
Tushunmagan mavzuni o‘z darajangizda tushuntirish
Bu AI'ning eng foydali tomonlaridan biri.
Masalan, siz:
“Window Function'ni tushunmadim.”
desangiz, AI umumiy javob berishi mumkin.
Lekin yaxshiroq prompt:
Men SQL Server'ni beginner darajada o‘rganyapman.
Window Function nima ekanini tushunmayapman. GROUP BY bilan farqini juda sodda tilda tushuntir.
Menga murakkab terminlarni ko‘paytirma. Avval oddiy hayotiy misol keltir, keyin SQL kod bilan ko‘rsat.Bu yerda AI'ga o‘z holatingiz va darajangizni aytyapsiz.
Yana kuchliroq variant:
Men SELECT, WHERE, GROUP BY, JOIN va Aggregate Functions'ni bilaman.
Lekin Window Functions'ni endi o‘rganyapman.
Mavzuni aynan shu bilimlarimga tayangan holda tushuntir. Bilmaydigan mavzularimni oldindan talab qilma.Bu juda yaxshi usul.
AI'ga “men beginnerman” deyishning o‘zi yetarli emas. Qaysi mavzularni bilishingizni ham aytsangiz, tushuntirish sifati yaxshilanadi.
“Bu narsa real hayotda qayerda kerak?”
Bu ham juda muhim.
Ko‘pchilik:
“CTE'ni o‘rgandim, lekin nima uchun kerakligini tushunmadim.”
deydi.
AI'dan:
CTE real ish jarayonida qachon kerak bo‘ladi?
Menga SQL Server bilan ishlaydigan Data Analyst uchun 3 ta real hayotiy misol ber.
Har bir misolda:
1. Muammo
2. Oddiy yechim
3. CTE nima uchun foydali ekanini tushuntir.deb so‘rash mumkin.
AI masalan:
murakkab query'ni bosqichlarga ajratish;
bir nechta hisob-kitobni ketma-ket bajarish;
keyingi query uchun oldingi natijadan foydalanish kabi holatlarni misollar bilan tushuntirishi mumkin.
Boshqa mavzularda ham:
VIEW real kompaniyada qayerda ishlatiladi?Stored Procedure'dan nima uchun foydalanishadi?Window Function Data Analyst ishida qayerda kerak bo‘ladi?GROUP BY o‘rniga qachon Window Function ishlatish mumkin?AI'ni shaxsiy SQL mentor sifatida ishlatish
O‘quvchi AI'ga:
Sen mening SQL mentorim bo‘l.
Men SQL Server o‘rganyapman. Mening darajam beginner.
Menga JOIN mavzusidan boshlab amaliy topshiriqlar ber.
Avval oson topshiriq ber. Men javob yozganimdan keyin tekshir.
Agar xato qilsam:
- darhol tayyor javobni berma;
- avval xatoyim qayerdaligini ayt;
- menga kichik hint ber;
- yana urinib ko‘rishimga imkon ber.
Faqat men so‘rasam to‘liq yechimni ber.AI'dan vazifa olish
Masalan:
Men SQL Server'da JOIN mavzusini o‘rgandim.
Menga 5 ta amaliy topshiriq ber.
Darajalar:
1 ta easy
2 ta medium
2 ta hard
Menga hozir javoblarini ko‘rsatma. Faqat dataset va topshiriqlarni ber.AI topshiriqlar beradi.
Siz esa SSMS'da ishlaysiz.
Keyin:
Mana mening javobim:
SELECT ...
Javobimni tekshir.
Menga:
1. To‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini ayt.
2. Agar xato bo‘lsa, xato joyini tushuntir.
3. To‘liq javobni hozircha bermagin.Bu usul oddiy “AI menga kod yozib berdi”dan ancha foydali.
“Javobni darhol bermaslik”
❌ Yomon usul:
Mana topshiriq. Javobini yozib ber.AI javob beradi.
O‘quvchi:
“Tushundim.”
Lekin aslida o‘zi hech narsa ishlab ko‘rmadi.
Yaxshi usul:
Menga topshiriq ber. Javobini aytma.
Men o‘zim ishlab ko‘raman. Keyin javobimni tekshir.Agar xato qilsa:
Javobim noto‘g‘ri ekan. Menga faqat hint ber. To‘liq kodni yozma.Keyin yana urinadi.
Juda yaxshi prinsip:
AI'dan javob olish uchun emas, o‘zingiz javob topishingizga yordam berish uchun foydalaning.
AI'ni “SQL Debugger” sifatida ishlatish
Bu ham juda amaliy.
Masalan:
SELECT
c.FirstName,
SUM(o.Sales)
FROM Customers c
JOIN Orders o
ON c.CustomerID = o.CustomerID
WHERE SUM(o.Sales) > 1000
GROUP BY c.FirstName;Xato chiqdi.
AI'dan:
Mana SQL kodim:
[code]
SQL Server xato bermoqda.
Menga:
1. Xato sababini tushuntir.
2. Noto‘g‘ri yozilgan qismini ko‘rsat.
3. Avval hint ber.
4. To‘liq yechimni oxirida ko‘rsat.deb so‘rash mumkin.
AI kodni tushuntirish, xatoni topishga yordam berish yoki qayta yozish kabi vazifalarda ham ishlatilishi mumkin.
Yozilgan SQL kodini tushuntirtirish
Internetdan yoki boshqa odamdan SQL kod topdingiz.
Masalan:
WITH CustomerSales AS
(
SELECT
CustomerID,
SUM(Sales) AS TotalSales
FROM Orders
GROUP BY CustomerID
)
SELECT *
FROM CustomerSales
WHERE TotalSales > 1000;AI'ga:
Quyidagi SQL kodni beginner darajada tushuntir.
Har bir qator nima qilayotganini tushuntir. Keyin butun query qanday ishlashini bosqichma-bosqich ko‘rsat.
Kodning o‘zini o‘zgartirma.deb berishingiz mumkin.
Bu ayniqsa boshqa odamning kodini o‘qishni o‘rganishda foydali.
Bir xil mavzuni turli usulda tushuntirtirish
Bu juda kuchli imkoniyat.
Masalan, siz uchun JOIN tushunarsiz.
Birinchi:
JOIN'ni oddiy hayotiy misol bilan tushuntir.Keyin:
Endi JOIN'ni Excel biladigan odamga tushuntir.Keyin:
Endi JOIN'ni SQL Server beginner'iga tushuntir.Keyin:
Endi 2 ta table va 5 ta qator bilan ko‘rsat.Keyin:
Endi menga JOIN bo‘yicha topshiriq ber.Ya'ni AI bilan bir mavzuni turli rakurslardan o‘rganish mumkin.
AI'ga o‘ziga mos o‘quv reja tuzdirish
Masalan, kursni tugatgandan keyin:
Men SQL Server beginner kursini tugatdim.
Quyidagilarni bilaman:
SELECT
WHERE
GROUP BY
JOIN
CASE
Aggregate Functions
Window Functions
Subqueries
CTE
Views
Stored Procedures
Maqsadim — Data Analyst bo‘lish. Keyingi 30 kun uchun SQL amaliyot rejasini tuz.
Har kuni 30-45 daqiqa. Nazariyani emas, asosan amaliy topshiriqlarni ber.Bu orqali AI shaxsiy learning plan tuzib berishi mumkin.
AI bilan o‘zingizga “intervyu” qildirish
Meni SQL bo‘yicha ish intervyusiga tayyorla. Men beginner/junior darajadaman. Sen interviewer bo‘l.
Menga bitta savol ber. Men javob beraman. Javobimni tekshir. Keyin keyingi savolni ber.
Savollar osondan qiyinga o'tsin.Yoki:
Menga SQL bo‘yicha 10 ta junior-level interview savoli ber.
Bir vaqtning o‘zida faqat bitta savol ber.Bu orqali o‘quvchi bilimini tekshirishi mumkin.
AI'dan dataset yaratishda foydalanish
Masalan:
SQL Server uchun Sales database yaratmoqchiman.
Menga:
Customers
Products
Orders
OrderItems jadvallarini yaratib ber.
Har bir jadvalga 20-30 ta realistik test ma'lumotlari ber. PK va FK larni ham qo‘sh. SQL Server syntaxidan foydalan.Yoki:
“Menga JOIN mashq qilish uchun ataylab bir nechta takroriy va NULL qiymatlar mavjud dataset yarat.”
Bu bilan o‘quvchi har bir mavzu uchun o‘ziga dataset yaratishi mumkin.
Lekin AI'ga 100% ishonib ketmang
AI:
noto‘g‘ri SQL yozishi mumkin;
sizning savolingizni noto‘g‘ri tushunishi mumkin;
mavjud bo‘lmagan funksiya yoki syntaxni aytishi mumkin;
boshqa SQL dialect'ini SQL Server bilan aralashtirishi mumkin;
query ishlasa ham, natija mantiqan noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Microsoft ham SQL uchun Copilot javoblari har doim mukammal emasligini va generatsiya qilingan natijalarni tekshirish, test qilish va tasdiqlash kerakligini ochiq ko‘rsatadi.
Shuning uchun:
AI — yordamchi. AI — o‘rniga o‘ylaydigan odam emas.
AI bilan ishlashda ehtiyotkorlik zarur
❗ AI bergan SQL kodni tushunmasdan Run qilmang.
Ayniqsa:
DELETE
UPDATE
DROP
TRUNCATEkabi buyruqlar bo‘lsa.
Avval:
Kodni o‘qing.
Nima qilayotganini tushuning.
Kerak bo‘lsa
SELECTbilan tekshiring.Keyin bajaring.
SQL Server'dagi AI yordamchilari ham foydalanuvchining mavjud database permissions'lari doirasida ishlashi mumkin, shuning uchun AI'ga berilgan buyruqlarni shunchaki “AI aytdi” deb bajarish xavfsiz yondashuv emas.
Darsning yakuniy xulosasi
1. Esdan chiqishi — normal
SQL'dagi hamma narsani yodda saqlash shart emas.
2. Tushunmasangiz — boshqa usulda o'rganing
“Soddaroq tushuntir.”
“Hayotiy misol ber.”
“Men beginner darajadaman.”
deyishingiz mumkin.
3. “Bu real hayotda qayerda kerak?” deb so‘rang
Syntaxni yodlashdan ko‘ra qachon va nima uchun ishlatilishini tushunish muhim.
4. AI'ni mentor qiling
Undan:
Topshiriq → o‘zingiz ishlash → tekshirtirish → hint → qayta ishlash
usulida foydalaning.
5. AI'ga ko‘r-ko‘rona ishonmang
AI sizning SQL o‘qituvchingiz bo‘lishi mumkin, lekin sizning o‘rningizga SQL'ni o‘rganib bermaydi.
Darsga tegishli SQL fayllar
⬇️ Darsda ishlatilgan .sql fayli:
⬇️ Uyga vazifa .sql fayli:


