SQL nima?
SQL (Structured Query Language) — bu ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun ishlatiladigan til.
SQL yordamida biz:
ma’lumot qo‘shamiz
o‘chiramiz
yangilaymiz
qidiramiz
tahlil qilamiz
Masalan, internet do‘konidagi mahsulotlar, bank ma’lumotlari yoki Telegram botdagi foydalanuvchilar — bularning ko‘pi database ichida saqlanadi va SQL orqali boshqariladi.
Nega SQL’ni o’rganish kerak?
SQL hozirgi kunda eng talabgir texnologiyalardan biri hisoblanadi.
Uni bilish quyidagi yo‘nalishlarda juda foydali:
Backend dasturlash
Data Analytics
Data Science
Sun’iy intellekt
Business Intelligence
ERP va CRM tizimlari
SQL’ni o‘rganishning asosiy afzalligi:
o‘rganish nisbatan oson
juda amaliy
deyarli barcha kompaniyalarda ishlatiladi
katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi

Database nima?
Database — bu ma’lumotlarni tartibli saqlaydigan joy.
Oddiy misollar:
Telegram foydalanuvchilari
Internet do‘kondagi mahsulotlar
Bank kartalari ma’lumotlari
Maktab o‘quvchilari ro‘yxati
Bularning hammasi database ichida saqlanishi mumkin.
Database’ning vazifasi:
ma’lumotlarni saqlash
tez qidirish
tartiblash
boshqarish
SQL buyruqlar va ularning guruhlari
SQL buyruqlar (SQL commands) - SQL orqali ma’lumotlardan turli shaklda foydalanishimiz uchun biz tomonimizdan dasturga beriladigan, dastur tushunadigan buyruqlardir.
SQL buyruqlari bir nechta asosiy guruhlarga bo‘linadi.
DQL — Ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi.
DML — Ma’lumotlarni o‘zgartirish uchun.
DDL — Jadval va database yaratish uchun.
DCL — Ruxsatlarni boshqarish uchun.
TCL — Transaction’larni boshqarish uchun.

Kerakli dasturlarni o’rnatamiz!
Kurs davomida biz:
Microsoft SQL Server
SQL Server Management Studio (SSMS) dasturlaridan foydalanamiz.
SQL Server
Bu database engine hisoblanadi. Barcha ma’lumotlar shu yerda ishlaydi va saqlanadi.
SSMS
Bu SQL Server bilan ishlash uchun grafik dastur. Kod yozish, query ishlatish va database boshqarish uchun ishlatiladi.


